18:30 / 09.10.2019
4 835

Urush yaqin: Turkiya Suriya chegarasiga yuzdan ortiq harbiy texnikani olib keldi (video)

Urush yaqin: Turkiya Suriya chegarasiga yuzdan ortiq harbiy texnikani olib keldi (video)
Anqara Suriya chegarasiga zirhli texnikani olib keldi. RT kanali bu haqda video tayyorladi deb yozadi Sof.uz nashri.

Videolikda Shonliurfa provinsiyasidagi Aqchaqala shahriga kirish qismida M60 tank va M113 askarlarni olib yurishga mo‘ljallangan zirhli mashinalardan iborat bo‘lgan harbiy kolonna harakati aks etgan. Bu shahar Suriya chegarasidan bir necha yuz metr masofada joylashgan.

Anadolu nashri yozishicha, harbiy kolonna taxminan 130 texnikadan iborat.
Turkiya prezidenti Rejep Erdo‘g‘on oktyabr boshida Suriya shimolidan Furotdan janub tomonida harbiy operatsiya haqida qarori yaqin kunlarda qabul qilinishini ma’lum qilgandi.

Turkiya harbiylarning maqsadi - Suriyaning chegara hududida suriyalik kurdlardan tozalash va u yerda Turkiyadagi suriyalik qochqinlarni joylashtirish uchun xavfsiz zonani tashkil qilish.

Vashington o‘z navbatidan, AQSh qurolli kuchlari Turkiya harbiy amaliyotida qatnashmasligini ma’lum qilib, qo‘shinlar olib chiqilishi e’lon qildi.
7 oktyabr kechasi Turkiya aviatsiyasi Hasek viloyatidagi Suriya arab-kurd kuchlari (SDF) bazasiga zarba berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush yaqin: Turkiya Suriya chegarasiga yuzdan ortiq harbiy texnikani olib keldi (video)