Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, oxiri 15 yil ichida Rossiyada alkogolli ichimliklar iste’mol qilish 43 foizga kamaygan. Aynan ushbu sabab Rossiyada erkaklar orasida o‘lim miqdori 39 foizga ayollar orasida 36 foizga kamaygan, hayot davomiyligi esa erkaklar uchun o‘rtacha 68 yosh va ayollar uchun – 78 yoshga yetgan.
Ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda JST Rossiya ildam qadamlar bilan alkogoldan voz kechmoqda, degan qarorga kelgan.
"Rossiya xalqi azaldan ko‘p aroq ichib kelgan-ku?" - degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
Ma’lumki SSSR vaqtida kishi gohida aroq ichib, ishga kelmasa ham, gohida mast holda ishlasa ham korxonalar bungi panja ortidan qarashgan, ichuvchi xodim yillar davomida ishlab yuravergan.
Hozir esa, aksariyat ish beruvchilar tijorat va xususyi korxonalar. Ichuvchi va o‘z ishini bajarmaydigan xodim hech kimga kerak emas. Buni ishchilar ham yaxshi tushunib olishgan.
Ikkinchidan, Rossiya hukumati alkogolga qarshi kurashga qat’iy bel bog‘lagan. Bunga 2003 yildan buyon aksizlar tinimsiz oshirib kelinayotgani hamda magazinlarda alkogol sotish soat 22:00 da cheklangani ham o‘z hissasini qo‘shgan.
Yana bir sabab – sobiq SSSRda turli ko‘ngilochar dam olish uslublari kam bo‘lgan va aroq muhim ijtimoiy, kommunikatsion dam olish vosita vazifasini bajargan. Odamlar tez-tez uchrashib o‘z do‘stlari bilan alkogol iste’mol qilishar edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»