16:36 / 09.12.2019
2 935

Mayamidagi koʻrgazmada rassom hamkasbining 120 ming dollarga baholangan asari — devorga yopishtirilgan bananni yeb qoʻydi (video)

Mayamidagi koʻrgazmada rassom hamkasbining 120 ming dollarga baholangan asari — devorga yopishtirilgan bananni yeb qoʻydi (video)
Foto: Getty Images
Mayamidagi koʻrgazmada rassom Devid Datuna devorga yopishtirib qoʻyilgan bananni yeb qoʻydi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

U skotchni koʻchirib, bananni yarmini tishlagan va qolganini tashrif buyurganlarga namoyish qildi.

Devorga skotch bilan yopishtirib qoʻyilgan banan italiyalik rassom Maurissio Kattelanning “Komediant” asari boʻlib, Mayamidagi koʻrgazmada ilk bor namoyish etilgandi. Koʻrgazma davomida uning bananlarini ikki kolleksiyachi har birini 120 ming dollardan sotib oldi. Yana bir bananni muzeyga 150 ming dollarga sotish rejalashtirilmoqda.

Xaridor bu skotchlangan banan emas, sanʼat asari ekanligi haqidagi sertifikat va uni devorga qanday toʻgʻri yopishtirish yuzasidan tavsiyalarga ega boʻladi.

Datuna yeb qoʻygan banani uchun pul toʻlaydimi, yoʻqmi hozircha maʼlum emas. Koʻrgazma boʻlayotgan galereya rassomga qarshi hech qanday ayblov ilgari surilmaganini bildirdi. Maurissio Kattelanning oʻzi ham hamkasbining qiligʻiga hozircha izoh bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mayamidagi koʻrgazmada rassom hamkasbining 120 ming dollarga baholangan asari — devorga yopishtirilgan bananni yeb qoʻydi (video)