Tojikistonda Ramazon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi

Tojikistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart kuni nishonlanadi. Muqaddas Ramazon oyi 29 kun davom etadi, bu haqdagi qaror 17 mart kuni mamlakat Ulamolar kengashi yig'ilishida qabul qilingan. Ramazon hayiti namozi barcha masjidlarda 20 mart kuni ertalab soat 7:30 da boshlanadi va shu kun dam olish kuni deb e'lon qilinadi. Imom-xatiblarga va'zlarida muhtojlarga yordam berish, isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik va tejamkorlikni targ'ib qilish topshirilgan.
Tojikistonda 2026 yil uchun muqaddas Ramazon oyi 29 kun davom etadi, shuningdek Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti) bayrami 20 mart kuni nishonlanishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Asia-Plus” nashri mamlakat Din ishlari, an’ana va marosimlarni muvofiqlashtirish qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 17 mart kuni mamlakat Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazilgan va shu qaror qabul qilingan. Ulamolar kengashi qaroriga muvofiq, Tojikistonning barcha masjidlarida Ramazon hayiti namozi 20 mart kuni ertalab soat 7:30 da boshlanadi.
Shu kuni mamlakatda dam olish kuni sifatida e’lon qilinadi. Yig‘ilishda imom-xatiblarga va’zlarida muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish, bayram kunlarida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik va tejamkorlik masalalari haqida ta’lim berish topshirilgan. Shuningdek, barcha imom-xatiblarga Ulamolar kengashining tabrik matnini aholiga yetkazish vazifasi yuklatilgan.






























Izohlar 0
…