Fukuyama: AQSH siyosati bolaning xavfli o‘yiniga o‘xshaydi

Mashhur amerikalik siyosatshunos, “Tarixning oxiri” nazariyasi muallifi Fransis Fukuyama AQSHning hozirgi siyosiy yo‘nalishiga tanqidiy munosabat bildirdi.
Uning fikricha, siyosati ba’zan o‘ylanmagan va xavfli qarorlar bilan xarakterlanmoqda. Siyosatshunos bu holatni o‘ziga xos o‘xshatish orqali ifoda etdi.
«Qo‘shma Shtatlar go‘yo o‘n yoshli bola tomonidan boshqarilayotgandek. U o‘z hovlisida zajigalka topib, atrofdagi narsalarni yoqib yuborishdan zavq olayotgandek tuyuladi. Uni kimdir to‘xtatishi kerak», — dedi Fransis Fukuyama.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bunday yondashuv xalqaro munosabatlarda keskinlikni kuchaytirishi, turli mojarolarning yanada avj olishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, global siyosiy sahnada katta ta’sirga ega davlatning bunday harakatlari butun dunyo xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Fransis Fukuyama fikricha, xalqaro maydonda mas’uliyatli va o‘ylangan qarorlar qabul qilinishi juda muhim. Aks holda, bu kabi siyosat nafaqat mintaqaviy, balki global muammolarga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Siyosatshunosning mazkur bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda. Ayrimlar uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar bu o‘xshatishni keskin va bahsli deb baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!