19:18 / 11.12.2019
2 057

Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani

Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani
Sergey Brin (Foto: Brooks Kraft LLC / Corbis via Getty Images)
Ko‘pchilik tadbirkorlik yoshlarning ishi deb o‘ylaydi. Mark Sukerberg, Evan Shpigel, Ilon Mask, Larri Peyj, Sergey Brin, Stiv Jobs - ularning barchasi 30 yoshga to‘lguniga qadar muvaffaqiyatga erishishgan.

Ammo Massachusets texnologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot yoshlar tadbirkorlikda, ayniqsa yuqori o‘sish sur’atlariga ega kompaniyalar haqida gap ketganda katta yutuqlarga erishishi mumkin degan fikrni shubha ostiga qo‘yadi.

Per Azulay boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi tadbirkorlarning yoshi va ular tashkil etgan kompaniyalarning muvaffaqiyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi.

Tadqiqotchilar AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosining tadbirkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi, soliq deklaratsiyalari hamda AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi tomonidan har yili o‘tkaziladigan tadbirkorlar o‘rtasidagi so‘rovnoma kabi turli xil manbalardagi ma’lumotlarni to‘plashdi. Natijada AQShda 1970 yildan keyin ish boshlagan 2,5 milliondan ortiq tadbirkorlar to‘g‘risidagi (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) ma’lumotlar to‘plandi. Korxonalar tashkil etilgan paytdagi barcha tadbirkorlarning o‘rtacha yoshi 42 yoshni tashkil etdi.

So‘ngra tadqiqotchilar guruhi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar asoschilari, ya’ni Ilon Mask va Mark Sukerberg kabilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Bunda yuqori texnologiyalar sohasidagi kompaniyalar asoschilarining o‘rtacha yoshi 43 yosh ekanligi aniqlandi. Silikon vodiysida joylashgan venchur kapital qo‘yilmalari va kompaniyalarni jalb qilgan startaplar asoschilarining o‘rtacha yoshi esa 42 yoshni tashkil etadi.

Keyin tadqiqotchilar tadbirkorning yoshini muvaffaqiyat uchun zarur shart deb atash mumkinligini tekshirib ko‘rdilar. Buning uchun ular tadbirkorlarni guruhlarga bo‘lishdi va eng muvaffaqiyatli kompaniyalar asoschilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganishdi. Olimlar ularni boshqa tadbirkorlarning ma’lumotlari bilan solishtirishdi.

Keng tarqalgan qarashdan farqli ravishda, ular eng muvaffaqiyatli startaplar asoschilarining yoshi boshqa tadbirkorlarnikiga qaraganda bir oz katta bo‘lganligini aniqladilar. Tadqiqot mualliflari kompaniyaning muvaffaqiyat darajasini turli mezonlarga ko‘ra aniqladilar. Masalan, startap asoschisining uni sotishi yoki IPO o‘tkazishi muhim jihat deb hisoblandi. Bundan tashqari, olimlar kompaniya xodimlari sonining o‘sish sur’atlarini o‘lchadilar.

Tadqiqot mualliflari quyidagi xulosaga kelishdi: "Qo‘shma Shtatlarda eng yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lgan yangi kompaniyalar (barcha kompaniyalarning 0,1 foizi) tashkil etilgan paytdagi 1700 tadbirkorning o‘rtacha yoshi 45 yosh bo‘lgan. Amerikadagi eng yaxshi kompaniyalarning 1 va 5 foiz asoschilarining o‘rtacha yoshi mos ravishda 43,7 va 42,1 yoshni tashkil etdi. Bundan quyidagi xulosaga kelish mumkin: kompaniya qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lsa, uning asoschisi yoshi ham shunchalik katta bo‘ladi. Xuddi shu gapni biznesni muvaffaqiyatli tugatgan tadbirkorlar haqida ham aytish mumkin. Bu esa eng muvaffaqiyatli tadbirkorlar - yoshlar degan nuqtai nazarni yo‘qqa chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tadqiqot: yoshi katta tadbirkor – muvaffaqiyatli kompaniya degani