O‘zbekistonlik ayollar ko‘proq necha yoshda turmush qurmoqda?

2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 177 017 ta nikoh rasman qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, nikoh tuzayotgan ayollar orasida eng katta ulush 20–30 yosh toifasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ya’ni, mamlakatda ayollar asosan 20–30 yosh atrofida oila qurishyapti.
Qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
-20 yoshgacha — 65 078 nafar (36,8 foiz)
-20–30 yosh — 94 765 nafar (53,5 foiz)
-31–40 yosh — 13 137 nafar (7,4 foiz)
-41 yosh va undan kattalar — 4 037 nafar (2,3 foiz)
Ko‘rinib turibdiki, 20 yoshgacha bo‘lganlar ulushi ham ancha yuqori, ammo asosiy “katta to‘lqin” baribir 20–30 yoshda to‘plangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing