
Yangi yil arafasida Andijon shahridagi Urikzor mahallasida joylashgan Mashrab ko‘chasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, yangilangan qiyofada foydalanishga topshirildi. Endilikda u sutkaning 24 soati faoliyat yuritadigan gastronomik, sayyohlik hamda savdo-xizmat ko‘chasi sifatida ishlaydi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Loyihani amalga oshirish uchun 12 mlrd soʻm investitsiya yo‘naltirildi. Ko‘cha bo‘ylab savdo, servis va umumiy ovqatlanish yo‘nalishida 50 ta obyekt ish boshladi, natijada 120 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.
Kechki va tungi paytlarda ko‘cha zamonaviy infratuzilma, yorqin yoritish va piyodalar uchun qulay muhit hisobiga shaharning eng gavjum maskanlaridan biriga aylanmoqda. Yangi yil bayramlari kunlari bu yerda andijonliklar va mehmonlar uchun konsert dasturlari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Yangilangan Mashrab ko‘chasining ochilishi shahar makonini rivojlantirish bo‘yicha ishlarning bir qismi bo‘lib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va turistik faollikni oshirishga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.