07:00 / 12.12.2019
3 379

Erdog‘an: “Musulmon bo‘lganimiz uchun bizni Yevropa Ittifoqiga olishmayapti”

Erdog‘an: “Musulmon bo‘lganimiz uchun bizni Yevropa Ittifoqiga olishmayapti”
Turkiyaning shu paytgacha Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmaganiga sabab aholisining soni ko‘pligi emas, balki xalqining musulmon ekanidir. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ana shunday fikr bildirdi.

«Bizga Turkiyaning aholisi katta ekanini aytishadi. Biroq Anqaraning arizasi qabul qilinmayotganining sababi boshqa. Haqiqiy sabab shuki, biz musulmonmiz», – dedi Erdog‘an.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi borasidagi muzokaralar rasman 2005 yilda boshlangan. Turkiyaning Gretsiya bilan aloqalari ko‘ngildagidek emasligi va Kipr muammosi uning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishidagi asosiy to‘siqlar sifatida keltiriladi. Shuningdek, ittifoqning ba’zi a’zolari Turkiyaning geografik joylashuvi, tarixiy va madaniy xususiyatlari Yevropaga mos emasligini aytib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdog‘an: “Musulmon bo‘lganimiz uchun bizni Yevropa Ittifoqiga olishmayapti”