2016 yil boshidan beri Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarga Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarni eksport qilish hajmi 2 martaga o‘sgan. Bu haqda «Kun.uz» sayti yozmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda Rossiya avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqilgan 1,6 ming yengil mashina sotilgan. Bu o‘tgan yilgi raqamlardan 4 marta ko‘p demakdir. Germaniyada 3,3 ming dona Rossiya mashinasi o‘z xaridorlarini topgan. Bu esa, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 11 barobar ko‘pdir. Nashrning yozishicha, Ukrainada jami 2,6 mingta Rossiyada ishlab chiqilgan avtomobillar xarid qilingan.
Bundan tashqari, Rossiya avtomobillari Misr, (2 ming) Latviya (1,7 ming) va Livanga (1,4 ming) ham eksport qilingan. Vengriya va Xitoyda jami 1,2 ming Rossiya mashinasi sotib olingan.
Umuman, 2016 yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida Rossiya avtosanoatining 19,2 ming dona mahsuloti xorijiy davlatlarga etkazib berilgan. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 9,1 mingni tashkil etgan edi.
«Avtostat» ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ishlab chiqilgan «Lada», «Volkswagen» va «Hyundai» modellariga ko‘proq talab bo‘lgan. «Toyota», «Chevrolet», «UAZ», «Renault» va «Nissan» kompaniyalarining Rossiyadagi zavodlari mahsulotlariga qiziqish kam bo‘lganligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi