Erkaklar haqida 9 haqiqat

  • 30 avgust 2016, 14:01
  • 18 358
  • Hayot tarzi
  • Erkaklar haqida 9 haqiqat

    Erkaklar ayollardan qaysi xislatlari bilan farq qiladi? Ularning faqat o‘ziga xos xususiyatlari nimada? Mana shu kabi savollarga quyida javob topasiz.

    1. Erkaklar ayollardan ko‘ra tezroq sevib qoladi. Ularni chiroy bilan ham mahv etish mumkin.

    2. Erkaklar ayollardan ko‘ra o‘rtacha 8 yil kam umr ko‘rishadi, shu bilan birga sog‘lig‘i haqida qayg‘urishni yomon ko‘radi. Ularning tasavvurida salomatligidan nolib, shifokorga yugurish erkaklarga yarashmaydi. Salomatligi haqida qayg‘urish “vazifa”sini ayollarga “yuklashadi”.

    3. Ayollar erkaklarga nisbatan ruhan va jismonan chidamliroq. Chunki ayollar organizmida himoya kuchlari baquvvatroq va ruhiyati tinimsiz moslashuvlarga ko‘nikuvchan.

    4. Erkaklarning terisi qalinroq. Shuning uchun ularning yuziga tez ajin tushmaydi va tengqur ayollarga nisbatan yosh ko‘rinadi.

    5.Erkaklar ayollardan ko‘ra boshqacha fikrlaydi. Ulardagi miya yarim sharlarining ikki palalsi birdek ishlay olmaydi. Ayollarda esa baravar ishlaydi. Shuning uchun ayollar bir vaqtning o‘zida bir necha ishni bajara olishadi.

    6. Erkaklarning barchasi ko‘nglida yosh bola.

    7. Barcha uylangan erkaklar merosxo‘rlari bo‘lishini xohlaydi. Lekin tan olmasa-da, bolalaridan umr yo‘ldoshini qizg‘onadi.

    8. Erkaklarning zafar qozonish istagi tark etmaydi: mansab, boylik ular uchun 1-o‘rinda. Inqirozga uchrash, mavqeini yo‘qotish ular uchun katta fojea.

    9. Boshqa ayollarga qarash ularning tabiatiga xos. Hatto yaxshi ota, yaxshi turmush o‘rtoq bo‘lganda ham. Ba’zan munosabatlarni uzgandan ko‘ra, havasli xiyonatni kechirgan ma’qul.

    Manba: Maslahatim.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Erkaklar haqida 9 haqiqat