Ko‘zingizning oqu qorasi — aziz farzandingizni ba’zan opa-singlingizga ham ishongingiz kelmaydi. «Qo‘lidan tushirib yuborsa-ya, qorni och qolsa-ya» degan hadikda bo‘lasiz. Ammo majburiyat tufayli yoki vaziyat taqozosi bilan bolalarini o‘zlari parvarish qilishga imkonsiz yosh onalar enaga yollashga majbur bo‘lishadi. Xo‘sh, bu borada nimalarga e’tibor berish kerak? Mavzu shu haqda.
Onami yoki Enaga?!
Ona o‘z his-tuyg‘usiga ishongan holda boladagi o‘zgarishlarni sezadi. Enaga esa o‘z tajribasi, olgan bilimlari va ko‘nikmalariga suyanadi. Yoshi katta buvijonlarga har kuni kichik yoshdagi, balki oylik chaqaloqlarni tashlab ketolmaysiz. Ular ba’zan yig‘isini eshitmay qolishlari, ba’zan esa o‘ynab yuribdi-ku deb, nazoratni salgina susaytirishlari ham mumkin. Ammo mas’uliyatli buvilarimiz ham yo‘q emas. Lekin baribir, agar sizda tanlash imkoni bo‘lsa, volidangiz yoki qaynonangizga keksalik gashtini surishga izn bering-da, enaga xizmatini o‘ylab ko‘ring.
Surishtiruvni boshlaymiz...
Enaga yollash va unga haq to‘lash bir muammo bo‘lsa, farzandingizni ishonib topshiradigan insonni topishning o‘zi mushkul. Axir birinchi uchragan kishiga kim ham o‘z bolasini ishonardi. Bugungi kunda maxsus agentliklar enagalarni tavsiya qiladi. Ular xodimlarining, ya’ni o‘zlari tavsiya qilgan enagalarning ish sifatiga kafolat berishadi. Lekin siz bu agentlik emas, balki dugonangiz tavsiya qilgan biror enagaga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, undan avvalgi ishlagan joyidan tavsifnoma olib kelishini so‘rang. Ish faoliyati 1 yildan kam bo‘lgan enagalarga yaxshisi murojaat qilmaganingiz ma’qul. Shuningdek, 20 yoshga to‘lmagan va 55 yoshdan oshganlar ham bu lavozimga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki birining hali tajribasi yo‘q, ikkinchisi esa bola parvarishidan charchab qolishi mumkin.
Talablaringizni aniqlashtiring
Enaga bilan avvaldan kelishuv, ya’ni bitim imzolab, talablaringizni ma’lum qiling. Masalan, bolangiz soat nechada uxlashi kerak, qachon ovqatlanadi, bir kunda qancha vaqt ochiq havoda sayr qilishi lozim. Agar ma’qul kelsa, enaga bolani istirohat bog‘lariga, teatr va ko‘ngil ochar maskanlarga ham olib borishi mumkin. Shuningdek, enaga tanlayotganda farzandingiz qo‘shimcha bilim olishini istaysizmi yoki salomatligiga urg‘u bergingiz kelayaptimi, shunga ham e’tibor qiling. Chunki enagalar pedagog yoki tibbiyot xodimlari ham bo‘lishi mumkin.
Kamchiliklari bo‘lsa-chi?
Agar enaga sifatida uzoqroq qarindoshingiz yoki qo‘shningizni tanlasangiz, munosabatlaringizni saqlab qolish uchun ayrim xatolariga ko‘z yumishingizga to‘g‘ri keladi. Albatta, katta xatolar bundan mustasno. Shuning uchun bu borada juda e’tiborli bo‘ling.
Iroda Asilbekova tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?