18:54 / 22.12.2016
22 788

Tilla zanjiringiz orqali kelajak haqida bilib oling!

Tilla zanjiringiz orqali kelajak haqida bilib oling!

Umuman, tilla yordamida kelajak haqida ham bilib olish mumkin. Uning uchun tilla zanjir kerak. Uydagilarning hammasi uyquga ketganda, tilla zanjiringizni olib, ikki qo‘lingiz bilan to tilla isiguncha yaxshilab ishqalang. Shundan so‘ng xayolan o‘zingizni qiziqtirgan savolni o‘ylang. Zanjirni o‘ng qo‘lingizga olib, tezlik bilan stolga irg‘iting. Tilla taqinchoqning hosil bo‘lgan shakli savolingizga javobdir.

1. Agar zanjir bant shaklida bo‘lsa, sizni tanishuv yoki to‘y va umuman yaxshilik kutmoqda.
2. Agar zanjir sakkiz shaklida bo‘lsa, sizni noxushlik kutmoqda.
3. Aylana shakl esa sizning qiyin ahvolda qolganingizni bildiradi.
4. Agar ilon shaklida bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, sizga xiyonat qilishlari mumkin.
5. Uchburchak esa omaddan darak, ayniqsa muhabbat bobida.
6. Bir tekis chiziq ham omadli kunlar yaqinligidan, ajoyib yangiliklar kutayotganligidan darak.
7. Agar zanjir tugun shaklida bo‘lib qolsa, kasallik va noxushliklarni bildiradi.
8. Yurak shaklida «o‘tirib qolgan bo‘lsa, demak, siz sevilib yashamoqdasiz va bu muhabbat sizga baxt keltirar ekan.

Asosiysi, ushbu zanjir haqiqiy tilladan bo‘lsin, shunda fol to‘g‘ri chiqadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tilla zanjiringiz orqali kelajak haqida bilib oling!