Bayram kunlarining to‘kin-sochin, lazzatli taomlaridan keyin organizmda «katta tozalash» o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Bunday tozalash yordamida ichaklarda hazm bo‘lmasdan yig‘ilib qolgan ovqat qoldiqlaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya va zaharli moddalardan tezda qutulasiz.
Lavlagi yordamida tozalash
O‘rtacha kattalikdagi lavlagini mayda qirg‘ichdan o‘tkazing va suvini siqib oling. Siqilgan lavlagini mayda dumaloqchalarga ajrating va bularni har ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin iste’mol qiling. Lavlagi sharbatini esa ovqatdan so‘ng yoki uxlashdan oldin ichish tavsiya qilinadi.
Suli yordamida tozalash
Yarim piyola suli va shu miqdorda guruchdan quyuqroq qilib bo‘tqa tayyorlang. Tayyor bo‘lgan bo‘tqadan 1 piyola oling va 2,5 piyola iliq suv bilan aralashtirib eng. Unga yog‘ va shakar qo‘shish mumkin emas, biroz tuz solishingiz mumkin. Bo‘tqani 2—3 kun davomida nonushta va kechki ovqat o‘rnida eyish tavsiya qilinadi.
Zig‘ir yordamida tozalash
100 gramm zig‘ir urug‘i va 250 gramm zaytun yog‘i oling. Zig‘ir urug‘ini qahvaezgich yordamida maydalang va yog‘ bilan aralashtiring. Aralashmani 7 kun davomida salqin, qorong‘u joyda saqlang va vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘ab turing. Aytilgan muddatdan so‘ng bir kunda 3 mahal, ovqatlanishdan 1 soat oldin va 1 osh qoshiqdan 10 kun davomida iching. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi