Uy yumushlarini qisqa vaqt ichida bajarib ulgurmoqchimisiz? Unda maslahatlarimizga quloq tuting!
Kiyimlarni dazmolsiz tekislash
Uni vannaxonaga ilib qo‘ying va xonani issiq suv yordamida bug‘ga to‘ldiring. Bug‘ kiyimdagi g‘ijimlarni tekislashga yordam beradi. Endi esa shamollating va kiyim quriguncha kuting.
Oyoq kiyimini tozalash
Qora yoki to‘q rangli charm oyoq kiyimini unchalik qimmat bo‘lmagan namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi krem yordamida yangidek qilish mumkin. Sport oyoq kiyimlarining oq rezinali qismini esa tish pastasi bilan oqartirsa bo‘ladi.
Duxovkani yog‘dan tozalash
Quyidagicha aralashma tayyorlang: ¼ piyola idish yuvadigan suyuqlik, yarim piyola osh sodasi, ¼ piyola perekis vodorod eritmasi, bitta limon po‘chog‘i maydasi, bir osh qoshiq sirka. Aralashmani duxovka ichiga bir tekis qilib suring va eshigini yopib qo‘ying. Kamida 4 soatdan keyin duxovka eshigini oching va ho‘l gubka bilan artib oling.
Sharikli ruchka izini ketkazish
Muammoli joyni lak tozalaydigan asetonli suyuqlik yordamida ishqalab tozalash kifoya qiladi.
Tonal kremi dog‘ini tozalash
Yuvishdan oldin shu joyga soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik suring va butunlay singib ketguncha qoldiring.
Uyga pokiza ko‘rinish berish
Oynalarni, eshik va derazalarni maxsus shisha tozalovchi sprey yordamida arting. Uyga yaltiragan oynalardan boshqa hech narsa bunday ko‘rinish berolmaydi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi