14:01 / 14.03.2017
11 228

Qiyinchiliksiz xushbichim ko‘rinish yo‘llari

Qiyinchiliksiz xushbichim ko‘rinish yo‘llari

Ovqat eyishdan o‘zingizni chegaralamasdan xushbichim ko‘rinishni xohlaysizmi? Bizning garderob uchun ba’zi «hiyla»larimiz sizga hech qanday qiyinchiliklarsiz chiroyli ko‘rinishga yordam beradi.

V shaklida kesilgan yoqa

V shaklida kesilgan yoqali ko‘ylak har qanday qomat uchun mos tushadi. Yoqaning bu varianti bo‘yinni uzun va qomatni chiroyli ko‘rsatadi. V shaklida kesilgan yoqa ayollarga ham, erkaklarga ham yarashadi.

Enli kamar

Belingiz ingichka ko‘rinishi uchun to‘q rangdagi enli kamar tanlang. Sizga mo‘ljallab to‘g‘ri tanlangan kiyim detallari qomatingizni chiroyli ko‘rsatadi.

Yo‘l-yo‘l chiziqli ko‘ylak

Vertikal yo‘l-yo‘l chiziqli kiyimlar sizning qomatingizni xushbichim qilib ko‘rsatishga yordam beradi. Qiyofangizning pastki qismiga klassik uslubdagi unchalik yorqin bo‘lmagan rangdagi shimlarni tanlaganingiz ma’qul.

Mutanosiblik muvozanati

Kiyimingiz o‘lchami qanday bo‘lishidan qat’i nazar keng bichimlar ostiga bekinib olmang. Astarli yubkalar belingizni shakllantiradi — bu holatda yuqoridagi kiyim bichimi oddiy bo‘lishi kerak. Shim ustiga tushirib qo‘yiladigan keng kofta esa son sohasini yopib turadi. Shuning uchun bu holatda shimlar keng bo‘lmasligi kerak. Mutanosiblik muvozanati — xushbichim qomatga erishish tomonga qo‘yiladigan birinchi qadam hisoblanadi.

Beli yuqori bo‘lgan jinsilar

Agar siz belingiz aylanasidan norozi bo‘lsangiz, beli pastda bo‘lgan jinsilardan voz keching. Ularning o‘rniga klassik uslubdagi bichimlarni afzal ko‘rganingiz ma’qul. Qalin cho‘ziluvchan matoli jinsilar muhim muammoli joylaringizga har tomonlama yordam beradi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qiyinchiliksiz xushbichim ko‘rinish yo‘llari