Siz sport zalida shug‘ullanasiz, ko‘p mashq qilasiz. Natija esa yo‘q va mushaklar siz istagan darajada o‘smayapti. Xatolaringiz nimadan iborat ekanligini bilasizmi?
Og‘irlikni oshiring
Muskullarni o‘stirmoqchimisiz — mashq qilinadigan toshlar og‘irligini oshiring. Ammo bu aytishga oson. Og‘ir toshni ko‘tara olmayapsizmi? Sir shundaki, katta og‘irlikdagi mashqlarni onda-sonda bajaring. Sikllar bilan mashq qiling. Yiliga bir necha marta faqat kuch bilan bog‘liq tayanch mashqlarini bajarish oyligini tashkil qiling. Va 1—6 martadan takrorlab 2—3 ta setni bajaring.
Dam olish
Ko‘pincha muskullar sekin o‘sishiga mashq qilish va dam olish o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi sabab bo‘ladi. Haftasiga 2—3 ta mashg‘ulot — eng optimal variant. Gap shundaki, organizmning tiklanishi genetika tomonidan dasturlashtirilgan, uni tezlashtirib bo‘lmaydi.
Gaplashmang!
Erkaklar jam bo‘lgan sport zalida suhbatlashib o‘tirmaslik — gunoh. Ammo bunday qilish kerak emas: birinchi o‘rinda o‘z tanangiz ustida diqqat bilan ishlashingiz kerak. Tadqiqotlarga ko‘ra, agar siz mashg‘ulotga psixologik jihatdan kirishgan va shunga diqqatingizni jamlagan bo‘lsangiz, muskullar kuchi 10—12 foizga oshadi.
Ovqatlanish
Agar organizmingizni oziqlantirmasangiz, mushak massasi o‘sishini kutib o‘tirish ham kerak emas. Ovqatlanish to‘la sifatli va muvozanatlashgan bo‘lishi kerak. Organizmingizga zarur oqsil me’yorini hisoblab chiqing, tuxum oqi, chuchuk suv balig‘i, tovuq go‘shtini iloji boricha ko‘proq iste’mol qilishga intiling, sekin uglevodlar — bo‘tqa, sabzavot va boshqalar haqida ham unutmang.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi