Savol: Bir tanishim farzandli bo‘lmagach, shifoxonaga xotini bilan borib xotinining bachadoniga begona erkakning urug‘ini ektirmoqchi. Hozir ko‘pchilik shunday qilyapti. Bu farzand valadi zino bo‘lmaydimi?
Javob:Bunday yo‘l bilan tug‘ilgan bola valadi zino bo‘ladi. Bunga rozi bo‘lgan kishi katta gunoh qilgan bo‘ladi. Inson farzandsiz yashasa ham baxtiyor hayot kechira oladi. Aksincha, ba’zi oilalar farzandlari bor bo‘lgani uchun turli tashvishlarga duch kelishyapti. Bolalari o‘sha ota-onalarning boshlariga etti uxlab tushga kirmagan musibatlarni olib kelyapti. Do‘stingiz Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘lsin. Farzandli bo‘lish uchun davolansin, shar’iy yo‘l axtarsin. Aslo va aslo yuqorida aytilgan yo‘l bilan bola orttirmasin.
Savol: Farzandli bo‘lmayotgan, nikohdagi erkak va ayol urug‘ini probirkada urchitib, so‘ng ayol bachadoniga joylash amaliyotiga Islom dinida ruxsat berilganmi?
Javob: Oilali bo‘la turib homilador bo‘lmayotgan ayol va uning erining bolaga bo‘lgan hojati shar’iy g‘araz deb e’tibor qilinadi. Ular o‘zlarini bu ma’noda davolatishlari mubohdir. Jumladan, sun’iy urchitish yo‘li bilan ham.
Erning urug‘ligini olib uning xotini bachadoniga qo‘yib urchitish shariat bo‘yicha joizdir.
Eru xotin ikkovlaridan urug‘liklarini olib naychada urchitib so‘ngra xotinning bachadoniga solib qo‘yish ham shariat bo‘yicha joizdir.
Boshqa uslub bilan bo‘ladigan sun’iy urchitishning turlari mumkin emas.
Shu bilan birga, sun’iy urchitishni amalga oshirish jarayonida islom shariati qoidalariga amal qilish lozim. Iloji boricha, muslima tabiba davolanayotgan ayolga qarasin.
Robitatul Olamil Islomiy huzuridagi Islom Fiqhi Akademiyasi qarori, 23 - 30 Rabiy’us Soniy 1400 h.s.
Manba: www.qadriyat.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...