Oiladagilar ertalab biri ishga, biri maktabga va birlari esa bog‘chaga borish uchun tayyorlanishi, nonushta qilishi va eng asosiysi kechikmasligi kerak bo‘ladi. Bizning maslahatlarimiz sizga ertalabki shoshma-shosharlikning uddasidan chiqishga yordam beradi.
1. Bir kun avvalgi kechqurun unumli bo‘lishi kerak
Ertalabga qoldirmasdan hammasini kechqurun tayyorlab qo‘yishga harakat qiling. Bu dazmollashga ham, sumkalarni yig‘ishga ham va iloji bo‘lsa, nonushta tayyorlashga ham tegishli.
2. 15 daqiqalik uyqudan voz keching
Oilaning boshqa a’zolaridan ertaroq turing va bu vaqt davomida siz bemalol dush qabul qilsangiz yoki maza qilib qahva ichsangiz bo‘ladi.
3. Tartib o‘rnating
Agar farzandingiz har kun ertalab odatdagi ishlarni bir xil tartibda bajarsa, demak u nimadan keyin nimani qilish kerakligini biladi. Unga ertalabki zarur ishlar ro‘yxatini tuzishga yordam bering va sizga hadeb eslataverishga to‘g‘ri kelmaydi.
4. Vazifa belgilang
Farzandingiz zimmasiga vazifalar yuklab qo‘ying. Uni nonushtadan keyin ovqatlanadigan stolni artishga yoki idishlarni yuvuvchi mashinaga joylashtirishga javobgar qilib tayinlang.
5. Nonushtaga oldinroq tayyorlaning
Oldinroq dasturxon tuzang yoki kerakli ovqatlanish anjomlarini tayyorlab qo‘ying.
6. Televizorni qo‘ymang
Ko‘pchilik uchun bu odatdan qutulish juda qiyin, lekin ekrandagi tasvirlar bolani tayyorlanishdan chalg‘itishi mumkin.
7. Hammasi maxsus joylarda
Kerakli narsalarni shoshilinchda izlab qolishdan qutulish uchun dahlizdan maktab sumkasi, sport formasi uchun sumka va shunga o‘xshash narsalar uchun maxsus joy ajrating.
8. Xotirjamlikni saqlang
Agar ertalab sizning kayfiyatingiz joyida bo‘lmasa, bola buni his qiladi. Lekin baribir sizni asabiylashishdan saqlashning uddasidan chiqa olmaydi. Shuning uchun xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Masalan, ertalab bolalarni tezroq kiyinishga undashning o‘rniga tez kiyinish bo‘yicha musobaqa o‘rnating.
9. O‘z vaqtida uxlashga yoting
Bu sizga ham va bolaga ham tegishli. Agar sizning ertalab uyg‘onishingiz qiyin bo‘lsa, ertaroq uxlashga yoting.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi