20:33 / 02.06.2017
7 391

3 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...

3 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
3 iyun kuni ish joyingizdagi hamkasblar sizning fikringiz bilan hisoblashmayotganidan jahl otiga minishingiz mumkin. Ammo siz tushunishingiz kerak. Bunday vaziyatlar har qanday odamning ham boshidan o‘tishi bor gap. Kechagi ishingiz uchun rahbarlar mukofot bilan siylashi va yangi ish topshirishi kutiladi. Bugun siz uchun jarohat xavfi ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun piyoda yuring, ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanmang. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyotlang.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun qanday vaziyatda qolmang, baribir unga xolisona baho bering. Shaxsiy hayotingizda kutilmagan va keskin burilishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bu ko‘proq oila qurmagan do‘stlarimizga taalluqli desak mubolag‘a bo‘lmasdi. Ishda esa siz kun bo‘yi muvaffaqiyatga erishish uchun jon jahdingiz bilan tirishasiz. Lekin jismoniy zo‘riqishga yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Moddiy ahvolingiz kechqurun yaxshilanadi. Quyosh tig‘ida uzoq vaqt qolib ketishdan saqlaning.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
3 iyun kuni taqdirdan u darajada ko‘p narsa kutmang. Boriga shukr qilish adolatli ish bo‘ladi. Ish bajarishda birovlar maslahatigamas, qalbingizga quloq tuting. Kunning ikkinchi yarmida tanishlaringizdan biri moddiy ahvolingiz yaxshilanishiga sababchi bo‘ladi. Shaxsiy hayotda bir haqiqat suv yuziga chiqadi. Yaxshisi, o‘sha haqiqat yolg‘onligicha qolavergani yaxshiydi. Asablarni zo‘riqtirmang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun ishlaringiz shu qadar ko‘p bo‘ladiki, nafas rostlashga vaqtingiz bo‘lmaydi. Lekin pul masalasida omadingiz keladi. Moddiy ahvolingiz shunchalar a’lo darajada bo‘ladiki, ilgari bu pullarni orzu qilishga ham qo‘rqqansiz. Mana, endi xohlaganingizcha miqdorda xaridlarni amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Afsuski, kechqurun yaqin qarindoshlardan biri sizni aldashi kayfiyatingizni bir pul qilishi mumkin. Sog‘liq pand bermasin desangiz, ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling, mevalarni albatta toza suvda chaygandan keyin iste’mol qiling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
3 iyun kuni vaqtincha ishdan, muammolardan nari chekinib, vaqtingizni do‘stlar bilan tabiat qo‘ynida dam olishga bag‘ishlang. Bugungacha to‘plagan pulingiz ancha kunga etadi. Oilasi yo‘qlarning bugun omadi chopadi. Yorqin lahzalar, taassurotlar sizni ettinchi osmonlarga chiqarib qo‘ysa ne ajab. Salomatlikni mustahkamlash uchun olinadigan muolajalar immunitetingizni ko‘tarib, o‘zingizni yengil his etishingizga zamin yaratadi. Kechqurun do‘stlaringizdan biri sizni oilaviy mehmonga taklif qilishi mumkin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun siz ham shaxsiy hayotda, ham ishda o‘ta yirik masalalarni hal etishingiz kutiladi. Bundan, albatta moddiy manfaat ko‘rasiz. Kun davomida uyingizga olisda yashaydigan qarindoshlar tashrif buyurishi, yoki bolalikdagi do‘stingizni uchratib qolishingiz kutiladi. Pul masalasida sira tashvish chekmang. Kechqurunga borib o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz mumkin. Sizga bugun salomatlikni tiklashda xalqona usulga asoslangan muolajalar yordam beradi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
3 iyun kuni tashvish va quvonch yonma-yon yuradi. Ish joyingizda lavozimingiz oshishi quvontirsa, ko‘chada kim bilandir bahslashib qolishingiz sizni xafa qilishi mumkin. Kun bo‘yi bosib ishlash kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlashingizga sababchi bo‘lishi hech gap emas. Qolaversa, kechqurun xuftonga yaqin xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor. Bugun g‘iybatchilar, kissavurlar va hasadgo‘ylardan nariroq yuring. Aynan 3 iyun kuni bo‘ydoqlardan kimdir to‘y boshlab yuborishi ham ehtimoldan xoli emas.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun kuchingizni bo‘lar-bo‘lmasga sarflamasligingizni maslahat berishgan. Chunki yaqin orada juda katta foyda keltiradigan ish kutib turadi. Unga katta kuch kerak. Busiz moddiy manfaat ko‘rishingiz qiyinlashib qoladi. Shaxsiy hayotingizda yig‘ilib qolgan katta-kichik muammolar kayfiyatingizga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bugun daromaddan xarajat oshib tushishi kutilmoqda. Sport bilan shug‘ullanish va safarga chiqish muvaffaqiyat keltirmaydi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
3 iyun kunning birinchi yarmidayoq o‘zingiz muammosini hal etib berishga so‘z bergan do‘stingiz uyingizga keladi. Albatta shu muammoni hal etishingiz lozim. Do‘stlar har kuni ham yordam so‘rayverishmaydi. Moddiy ahvolingizdan bugun shikoyat qilmaysiz. Shunday ekan, bemalol xaridlarga keng yo‘l ochib bersangiz bo‘ladi. Yaqinlaringizning qaysidir biri bilan bahslashib qolishingiz xavfi bor.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun yulduzlar moddiy jihatdan jiddiy muammolarga duch kelishingizni bashorat qilishgan. Qarz olganlar hadeganda qarzini qaytarmasdan xunob qilishlari kutiladi. Shaxsiy hayotingizda osudalik va ahillik hukm suradi. Kunning ikkinchi yarmida tabiat qo‘yniga borib dam olishingiz mumkin. Tadbirkorlar va tijoratchilar ham 3 iyun kuni ko‘zlangan daromadlarga erisha olmasliklari haqiqatga yaqinroq. Kechqurun yolg‘iz qoling va kelajak uchun rejalar tuzing.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
3 iyun kuni ruhan tushkunlikda bo‘lishingiz xavfi bor. Yuragingizda zohir bo‘ladigan g‘ashlik to tushga qadar tarqalmasligi mumkin. Hoynahoy, bu juftingiz bilan orangizdagi munosabatlar biroz sovuqlashib qolganidan bo‘lsa kerak. Ishingizda ham ba’zi masalalarda omadingiz chopmasligi kutiladi. Rahbariyatdan tanqid eshitishingiz esa hammasidan oshib tushadi. Baribir tashvish chekishga o‘rin yo‘q. Kechqurun shunday odam bilan tanishasizki, barcha g‘uborlar shu bahonada tarqalib ketsa ajab emas.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Yulduzlar 3 iyun erta tongda yaqinlaringiz bilan janjallashib qolishingiz mumkinligini bashorat qilgan. Ro‘zg‘or va pul bobidagi fikrlaringiz ularga yoqib tushmaydi. Bugun shubhali tadbirlar va sport bilan bog‘liq musobaqalarda ishtirok etish sizga faqat ziyon etkazadi. Vujudingizdagi kuchli charchoq immunitetingiz tushishiga olib kelishi mumkin. Vitaminga boy mevalarni ko‘proq iste’mol qiling, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 3 iyun kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?...