Munajjimlar bashorati: 8 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

  • 07 avgust 2017, 21:58
  • 5 428
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 8 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Bugun ish joyingizga kirib kelishingiz bilan birinchi navbatda rahbar qabuliga shoshiling. Shu bahonada anchadan beri miyangizda pishitib yurgan rejalaringiz haqiqatga aylansa ajab emas. Ishga ijodiy yondoshish bobida esa sizga o‘zingizdan ko‘ra tajribaliroq hamkasblarning maslahatlari zarur. Muhabbatda juftingizga nisbatan alohida mehr ko‘rsating, kam bo‘lmaysiz. Kechqurun toza havo sayrini unutmagan holda qolgan vaqtingizni yolg‘izlikda o‘tkazing.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    8 avgust kuni o‘zingiz yaqinda ranjitgan qarindoshingiz qarshisida uzr so‘rashingiz tavsiya etiladi. Bir og‘iz uzr so‘rash bilan munosabatlaringiz qayta tiklanishi tayin. Bugun tomorqada ishlash va yoqimli xaridlar qilish muvaffaqiyat keltiradi. Moddiy muammolar ham qoniqarli darajada ijobiy hal bo‘ladi. Garchi tejamkorlik tarafdori bo‘lsangiz-da, bugun sira ikkilanmasdan yirik xarajatlarga qo‘l uraverishingiz mumkin. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    Yulduzlar maslahat beradi. Hatto ishlaringiz baroridan kelmay, tushkunlik iskanjasida qolsangiz ham olg‘a qadam tashlang. Kun davomida xizmat vazifangiz yuzasidan qisqa masofaga safarlar uyushtirishingiz mumkin. Ayni shu safarlar sizga moddiy manfaatdorlik ato etadi. Kechqurun qanday qilib bo‘lmasin, ertangi kun uchun kuch yig‘ing. Salomatligingizni asragan holda shubhali taomlarga qo‘l urmang. Gazli ichimliklar ichishdan tiyiling.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    8 avgust kunning birinchi yarmida professional kasbingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalarni hayotga tadbiq etish tashvishi bilan yashang. Ishxonangizda xuddi shu qirralaringiz uchun sizni hurmatlashadi, qadrlashadi. Kechqurun o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz mumkin. Aksiga olgandek sizni tanish-bilishlar mehmonga taklif eta boshlashadi. Bu takliflarni rad etishga majbursiz. Salomatlik birinchi navbatda turishi kerak. Mehmondorchiliklar qochmaydi. Uyquga yotmay turib kitob o‘qishingiz, do‘stlar bilan qo‘ng‘iroqlashib ko‘ngil yozishingiz tavsiya etiladi.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    Ilgari bir odamni bilardingiz. U qalban yaxshi odam emas. Ko‘ngli qora, ikkiyuzlamachilarning biri bo‘lgan. Bugun xuddi o‘sha bilan uchrashib gaplashishingizga to‘g‘ri keladi. Ish joyingizda lavozimingizni oshirish uchun sizga pul emas, obro‘li shaxslar yordami zarur bo‘ladi. Agar shunday shaxsni topa bilsangiz, omad pillapoyasining eng baland qismida bo‘lasiz. Kechqurun mashina ko‘p qatnaydigan yo‘llarni kesib o‘tishda hushyor bo‘ling. Kun davomida birovlarga zinhor qaysidir masalada va’da bermang.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

    8 avgust kuni harakat tezligini sezilarli darajada oshirishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki ishlaringiz boshingizdan oshib toshadi. Bir maromda ularni kechga qadar yakunlay olmaysiz. Tushdan keyin xizmat safariga otlanishingiz ehtimoli bor. Quyosh tig‘ida ko‘p turib qolishdan saqlaning. O‘z haqingizda kimlardir g‘iybat uyushtirayotganidan xabar topsangiz, parvo qilmang. Kim birovga chuqur qazisa, bir kun o‘sha chuqurga o‘zi yiqiladi. Surunkali xastalikka uchraganlar salomatliklarini ko‘z qorachig‘idek asrashlari lozim.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    Tadbirkorlar bugun foydali shartnomalarga imzo qo‘yish, bitimlar tuzish va qisqa masofadagi shaharlarga safar qilish bilan kunni kech qilishlari kutiladi. Ammo ular to‘lanmagan soliqlar ham bugun muammo tug‘dirishi muqarrarligini unutmasalar bas. Kechqurun ba’zilar bosh yoki oyoq og‘rishidan azoblanishlari mumkin. Bunday vaziyatlarda darrov vrach chaqirish kerak. Kechqurun sevimli xobbingizga qaytib, tashvishlardan charchagan yurakka picha dam bering. Oilangizda arzimagan sabab tufayli janjal yuzaga kelish xavfi bor. Bardoshli bo‘ling!

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
    8 avgust kuni sha’ningizga shu qadar ko‘p olqishlar, maqtovlar yog‘iladiki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlay deysiz. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi qismida bo‘lg‘usi umr yo‘ldoshi bilan tanishib, suhbatlashishlari mumkin. Muhim hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, sergak turing. Olis safarga otlanishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu ishni bugundan qoldirmang. Sog‘lig‘ingiz bugun sizga pand bermoqchi emas. Uyquga yotishdan oldin sut mahsulotlari bilan cheklaning.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Ehtiyot bo‘ling, bugun kimdir sizni ommaviy tadbirlardan biriga etaklashni niyat qilgan. Bu tadbir sizga ziyon keltiradi, ko‘ngilsizlik hadya etadi. Olis safarga otlanish arafasida bo‘lsangiz, fikringizdan qayting. Bu safar sizga juda qimmatga tushishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda bugun sokinlik, ahillik hukm suradi inshoolloh. Juftingiz bilan totli muloqot lahzalarini boshdan kechirib zavqlanasiz. Basharti kechqurun telefoningiz bezovta jiringlay boshlasa, tezroq go‘shakni ko‘tarishga harakat qiling. Bu sizga atalgan dunyodagi eng yoqimli xabar bo‘lishi muqarrar.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    8 avgust kuni charchash, dangasalik va erinchoqlik kabilarni ma’lum muddatga unuting va bor bo‘yingiz bilan ishga sho‘ng‘ing. Moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi ham xuddi shu bilan bog‘liq bo‘lib turibdi. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun ishonchli sherik topishda mushkulotlar ko‘ndalang bo‘ladi. Lekin topasiz. Sog‘lig‘ingizni asrang, garchi jiddiy xastaliklar xavf solmasa-da, ehtiyot shart ovqatlanish me’yorlariga amal qilib, organizmni jismonan zo‘riqtirishdan tiyiling.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Cho‘ntagingiz har doimgidek pulga to‘la. Biroq tejamkorlikka amal qilmasangiz, qisqa muddat ichida pulsiz qolishingiz hech gap emas. Bugun jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirish, olis safarga otlanish muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Bilim olish, ziyo tarqatish, o‘tganlar haqiga duolar o‘qish aksincha xayrli kechadi. Ishxonada ba’zi hamkasblardan hushyor bo‘ling. Ular obro‘yingizga putur etkazish ilinjida harakatlar sodir etishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    8 avgust kuni o‘zingizga yoqqan mashg‘ulotlar bilan band bo‘ling. Har qanday ko‘rinishdagi tadbir va safar siz uchun muvaffaqiyat hadya etadi. Hamkasblardan biri bilan kun davomida yoqimsiz suhbat yuzaga kelishi kutiladi. Shaxsiy hayotda juftingizga, oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizga nisbatan muloyim munosabatlar yuriting. U sizni hatto ish joyingizga ham rashk qiladi. Shunday ekan, kechqurun bor vaqtingizni unga bag‘ishlang.


    Manba: Hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 8 avgust kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?..