Bor-yo‘g‘i beshdan birgacha sanash orqali siz ishni boshlashingiz yoki biron narsaga qaror qilishingiz mumkin.
Bu qanday qoida?
5 soniya qoidasi shundan iboratki, harakat qilishni boshlashdan oldin beshdan birgacha sanash kerak bo‘ladi. Shunda siz hatto xohishingiz bo‘lmagan yoki biron-bir sababsiz ham ishlarni bajara olishingiz mumkin.
U qanday ishlaydi?
Balki bu usul sizga kulgili va haqiqatdan uzoqroq bo‘lib ko‘ringandir. Lekin tajribalar buning aksini ko‘rsatmoqda.
5 soniya qoidasining samaraliligini shunday tushuntirish mumkin:
Siz sanashni qaysidir harakatni bajarishga bog‘laysiz. Birgacha sanab bo‘lganingizdan so‘ng, buni ongli ravishda marra chizig‘i deb qabul qilasiz. Agar siz «Olg‘a!» yoki «Boshladik!» deb xitob qilsangiz bu ishga kirishishingizga yanada ko‘proq yordam beradi.
Agar siz sanab bo‘lgandan keyin darhol ishga kirishaman deb o‘zingizga so‘z bersangiz, bu sizga kerakli quvvat turtkisini beradi.
Uni qanday qo‘llash kerak?
Klassik misol — soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha turish. Uni har 5 daqiqada takroran jiringlashga qo‘yishning o‘rniga, 5 dan birgacha sanang va o‘ylab o‘tirmasdan darrov joyingizdan turing.
Aslida, besh soniya qoidasi sizga hayotning hamma sohalarida kerak bo‘ladi. Masalan uni quyidagi hollarda qo‘llashga harakat qiling:
- agar o‘zingizni tuta olmay kimgadir baqirib yuborishingiz mumkinligini sezsangiz. Shundan keyin siz tinchlanasiz, suhbat ohangi ijobiy tomonga o‘zgaradi;
- qandaydir loyihani boshlay olmayapsiz. Agar siz o‘zingizni diplom ishiga kirishishga majburlay olmayotgan bo‘lsangiz, birgacha sanang, hujjatni oching va yozishni boshlang.
Yo‘lning eng qiyin qismi — bu birinchi qadam ekanligini unutmang. Keyin siz qilayotgan ishingizga moslashasiz va bu vazifalardan qo‘rqmay qo‘yasiz.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi