20:48 / 14.10.2017
8 612

Munajjimlar bashorati: 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Tadbirkorlar bugun birinchi navbatda biznes bilan bog‘liq huquqiy masalalarni hal etgachgina qaysidir yirik loyiha uchun pul ajratsalar bo‘ladi. Shaxsiy hayotda yetakchilikka intilmang, bu sizga omadsizlik keltiradi. Agar itoatkor vazifasini bajarib ko‘rsangiz, juftingizni yanada yaxshiroq taniy boshlagan bo‘lardingiz. Kechqurunga borib moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutilmoqda. Garchi salomatligingizdan shikoyatingiz bo‘lmasa-da, osmon-u falakdagi magnit bo‘ronlarini hisobga olgan holda ish tuting.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 oktyabr kuni juftingiz yoki tanlagan insoningiz bilan orangizda sovuq munosabatlar paydo bo‘lishini his etasiz. Bu sizning qaysarligingizdan bo‘lsa ne ajab. Bu muammolardan esa ish sizni chalg‘ita oladi. Ishga beriling, faqat pul topish haqida o‘ylang. Sog‘lig‘ingiz kunning ikkinchi yarmiga borib yomonlasha boshlashi mumkin. Bu qo‘rqinchli emas, ammo baribir chorasini ko‘ring. Profilaktika hech qachon ziyon qilmaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun ertalabdan nihoyatda faol bo‘lishingizni bashorat qilgan. Biroq yangi ishlarga qo‘l urishda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Orqa-ketingizga qaramay olg‘a bosish sizga to‘g‘ri kelmaydi. Qaysidir grippga uchragan do‘stingizdan xabar olishingiz bu xastalik sizga ham yuqishini ta’minlashi mumkin. Vrach ko‘rigiga choping. Kechqurun xorijda yashab pul topayotgan do‘stingiz haqida yoqimli xabar eshitasiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 oktyabrda faqat oilaviy, ro‘zg‘or yumushlari hamda moliyaviy muammolarni bartaraf etish bilan band bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Agar ta’mir ishlari bo‘lsa, ularni ham tugatishingiz lozim. Shundan keyingina boshqa ishlarga o‘tsangiz yarashadi. Internet ishqibozi bo‘lsangiz, bu ishni kechasi amalga oshiring. Boshqa vaqtda foydali ishlar bilan band bo‘ling. Asosiysi, sog‘liqni saqlash masalasiga alohida e’tibor qarating.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun omadingiz kuladi, kuningiz xayrli boshlanadi inshoolloh. Tashqarida havo aynib turishiga qaramay, qalbingizda hanuz iliqlik ufuradi. Ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyiling. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, kechqurun ko‘chaga chiqmay qo‘ya qoling, jarohat olishingiz mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar kun davomida salomatligi haqida qayg‘ursa ziyon qilmaydi. Moliyaviy muammolarni tanishlardan biri hal qilib beradi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 oktyabrda hayotingizda tub burilish yuzaga kelishi kutiladi. Albatta, bu hodisa tanaffuslardan qochib qolmasangizgina sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik ish joyini o‘zgartirsa, ba’zilar ko‘ngliga yoqqan ishga o‘tishadi. Oilasizlar uchun kimnidir sevib qolishga zarurat tug‘iladi. Kunning ikkinchi yarmida ba’zilar olis safarga jo‘nashlari mumkin. Ketishdan oldin hujjatlaringizni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar qarindoshlar bilan birgalikda bugun daromad keltiradigan ish ochishingizni maslahat berishyapti. Kun davomida atrofdagilar bilan shirin suhbatlar qurishga harakat qiling. Bu dam olish kuningiz mazmunli o‘tishida muhim ahamiyatga ega. Kasbni o‘zgartirish va malaka oshirish uchun 15 oktyabr juda qulay kechadi. Salomatligingiz haqida alohida qayg‘uring. Agar bosh og‘rig‘i bezovta qila boshlasa, bu muammoni xalqona yo‘l bilan bartaraf etsangiz ham bo‘ladi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 oktyabr kuni siz kechagi tugatilmay qolgan ishlarni oxiriga yetkazishingiz shart. Bugungi kun esa ruhiy jihatdan ancha og‘ir kechishi kutilmoqda. Shuning uchun birovlar bilan janjallashmaslikka harakat qiling, yangi tanishuvlar sari talpinishdan tiyilmang. Kechqurun o‘tgan yaqinlaringizni eslab duolar qiling, ularga boqiy dunyo yaxshiliklarini tilang. Ovqatlanishda juda ehtiyot bo‘ling. Organizmingiz suymaydigan taomlarning yaqiniga ham bormang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz og‘ir kechishi kutilmoqda. Buguningizni to‘laligicha nazoratingiz ostiga oling. Har bir gapiradigan gapingiz, bosayotgan qadamingizni nazoratga olmasangiz, boshingizga qo‘shimcha qayg‘ular yog‘ilishi hech gap emas. Muhabbatda dahanaki bahs-munozaralar yuzaga kelishi mumkin. Bu vaziyatlarni sabr bilan yengib o‘ta olasiz. Basharti oila qurmaganlarning yo‘liga raqiblar ko‘ndalang bo‘lsa, darhol ularni bosiqlik va yaxshi gaplar bilan tinchlantirish zarur bo‘ladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 oktyabr kuni mavqeingiz oshishi kutiladi. Kunning birinchi yarmida shu qadar ajoyib muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritasizki, o‘zingiz ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Lekin har bir lahzani iloji boricha bloknotga qayd etib boring. Keyinchalik zarur bo‘lib qolishi mumkin. Salomatlik masalasida profilaktika amallarini boshlasangiz, xavfli xastaliklar siz tomonga qayrilib ham qaramagan bo‘lardi. Odam ko‘p to‘planadigan joylarga borishdan tiyiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz juda sokin o‘tishi kutilayotgan bo‘lsa-da, yo‘l-yo‘lakay qarindoshlar bilan janjallashib olishga ulgurasiz. Kunning ikkinchi yarmida yaxshilab dam oling, yolg‘iz qoling. Shu bahonada yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolaringizni xomcho‘t qilasiz, kelajak haqida foydali rejalar tuzib olasiz. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling. Velosiped sayri ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun tushga qadar kimlardir yangi ishga joylashish uchun harakatlar sodir etishni boshlashlari kutiladi. Shunday ekan, yangi joyda bo‘lib o‘tadigan dastlabki suhbatga puxta tayyorlaning. Ish topib ulgurmagan bo‘lsangiz, bu harakatni to‘xtatmang. Bugun badiiy kitoblar o‘qish va yoshi ulug‘ qarindoshlarning maslahatlarini olish juda xayrli kechadi. Ruhiy tushkunlikka tushib qolishdan saqlaning, bu salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?