21:01 / 25.11.2017
11 608

Munajjimlar bashorati: 26 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun sizga juda ham ko‘p kuch, imkoniyat kerak bo‘ladi. Bular esa sizda yetarli. Shuning uchun yugur-yugurlardan iborat kunda charchash neligini bilmaysiz. Shu bahonada ko‘zlagan niyatlaringizga yetasiz. Bugun quvonch, tabassum, omadni kutmang, aksincha, ularni tevarakdagilarga hadya qiling. Shunda ham baribir sizdagi zahiralar kamayib qolmaydi. Yirik xaridlardan keskin bosh torting. Aks holda katmoningiz qurib qoladi. Salomatlikni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 noyabr kuni asosiy muammolarni hal etish uchun faollik kerak bo‘ladi. Chunki muammolar dam olish kunini bilmaydi. Arzimagan ko‘ngilsizliklar tufayli asabiylashmang, jahl qilmang. Undan ko‘ra xarakteringizdagi eng yorqin jihatlarni namoyish eting. Shaxsiy hayotingizda muammo tug‘ilsa, uni hazil yo‘li bilan bartaraf etishga urinib ko‘ring. Kechqurun befoyda gap-so‘zlarga vaqt sarflagandan ko‘ra, yolg‘iz qolib ertangi kun rejasini tuzganingiz ma’qul.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kelajak poydevorini yaratmoqchi bo‘lsangiz, bugun yangi tanishuvlar tashkil eting. Shunday odamlar bilan tanishingki, kelgusida sizning og‘iringizni yengil qila olsin. Kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor. Ba’zilar oilaviy bo‘lib tabiat qo‘ynida dam olib qaytishlari ham kutiladi. Salomatlik mustahkam saqlanishi uchun ovqatlanish rejimiga amal qiling, yuragingizni qarovsiz qoldirmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
26 noyabrda o‘ta sirli odamga aylanishingiz kutilmoqda. Shu sababli ham ko‘plab savollar javobini topa olmay qolib ketishi mumkin. Vujudingiz ehtiroslar daryosiga g‘arq bo‘lgan. Uni faqat sof muhabbatgina qutqara oladi. Moliyaviy muammolarni birinchi navbatda bartaraf eting. Bo‘lmasa ular kelgusida ortiqcha bosh og‘riqqa aylanishi mumkin. Kechqurun oilangiz qurshovida vaqt o‘tkazing. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz o‘ta jonli va go‘yo bo‘ronli kechishi kutiladi. Demak, sizni hech kim yo‘ldan qaytarishga, yoki to‘xtatishga qodir emas. Kayfiyatingiz yaxshiligi omadingiz kelgani deyavering. Negaki, shunday kayfiyat bilan moliyaviy muammolarni o‘z foydangizga bartaraf etish oson kechadi. Kunduzi yana qachonlardir qilgan ishingiz uchun ham haq berishadi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Tejamkor bo‘ling. Ishoning, bugungi dam olish kuningiz baribir yaxshi kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
26 noyabr kuni oldinga siljishingizda, niyatlaringiz haqiqatga aylanishida faqat bardosh sizga yordam bera oladi. Nimaiki yumushni ado etmang, faqat o‘z kuch va imkoniyatlaringizga tayaning. Atrofdagilar bilan muloqotda asosan tinglovchi rolini ijro eting. Yangi tanishuvlar sari oshiqing. Agar bugun kimgadir yaqindan ko‘mak bersangiz, tez kunda o‘zingizga ham shunday yordam albatta qaytadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kun davomida astoydil ter to‘kib ishlaysiz. Yelib-yugurib muammolaringizni hal etish ilinjida bo‘lasiz. Bularning mukofotini kechqurun albatta olasiz. Pul hisob-kitobida hushyor bo‘lishingiz kerak. Aks holda katta yo‘qotishlarga duch kelishingiz ehtimoldan xoli emas. Hatto, shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarsangiz ham, shoshma-shosharlikka yo‘l bermang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Iloji boricha yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan kifoyalaning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
26 noyabr kuni ko‘zlangan maqsadga yetishda shu qadar qattiq ishlaysizki, kuchni ham, vaqt-u imkoniyatlarni ham ayab o‘tirmaysiz. To‘g‘ri qilasiz. Bu sizning foydangizga. Faqat ishga berilib ketib juftingizni unutib qo‘yishingiz biroz alamli. Negaki, juftingiz darrov ranjiydi. Lekin xavotirga tushmang. Kechqurun uni albatta mamnun etadigan vaziyatlar paydo bo‘ladi. Siz oilaviy bayram uyushtirib, farzandlarni ham birgalikda xursand qilasiz. Kechqurun sizga olisdan qo‘ng‘iroq qilishlari va yoqimli xabar yetkazishlari kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Biznes bilan shug‘ullanuvchilar hayotida bugun mayda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Agar tijoratda katta ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, tafakkurni ishga soling. Albatta yo‘l topiladi. Faqat o‘zgalar bilan muloqotlarda emotsiyani me’yorda ushlang. Uyda ham shu narsa tavsiya etiladi. Ro‘zg‘orda mayda kemtiklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Biroq ularni yo‘l-yo‘lakay hal etib borsangiz bo‘ladi. Salomatligingiz yomonlasha boshlasa, tibbiy ko‘rikdan o‘tib qo‘yishni unutmang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
26 noyabr kuni sergak tortishingiz va yangi bilimlarga ega bo‘lishingiz uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi. Tushdan keyin o‘ta maxfiy bir xabardan voqif bo‘lasiz. Lekin bu haqda hech kimga gapirmang. Moliya masalasida sizni kutilmagan sovg‘alar kutib qoladi. Nihoyat yo‘q yerdan pul topa olishingizni barchaga namoyish etasiz. Ammo pullarni tejab ishlatishingiz talab qilinadi. Sog‘lig‘ingizdan bugun shikoyatingiz bo‘lmaydi. Tunda uxlab ko‘radigan tushlaringiz o‘ngidan kelishi mumkin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Atrofingizdagilarga nisbatan ochiqroq bo‘ling. Muloyim munosabat, hazil-mutoyiba… Bugun sizdan talab etiladigan jihatlar xuddi shular hisoblanadi. Siz har qanday muammoni kulib turib yiqita olasiz. Hech kimdan shubhalanmang. Bu oilangizdagilarga ham tegishli. Tijoratchi bo‘lsangiz, raqobatga bardosh berish uchun kurashning yangi usullarini o‘ylab toping. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
26 noyabrda yaqin o‘tmishdagi totli lahzalar miyangizni chulg‘ab olishi kutilmoqda. Moliyaviy muammolarning ijobiy hal bo‘lishi biroz cho‘zilishi mumkin. Lekin baribir bu masalada yutqazmaysiz. Tilaklaringiz amalga oshadi. Arzimas voqealar natijasida qo‘rquvga tushishingiz asab tizimingizga ziyon yetkazib, salomatligingizga putur yetishi mumkin. Bardam bo‘ling! Qo‘rquv sizdan qo‘rqsin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 noyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?