20:50 / 31.05.2018
6 496

Xayrullo Hamidov she’ri: “Masjid uchun topilmas illo, namozxon boladan go‘zalroq bezak!”

Xayrullo Hamidov she’ri: “Masjid uchun topilmas illo, namozxon boladan go‘zalroq bezak!”
Qadim zamonlarda bo‘lgan voqea
Yurakka ajib bir oroyish berdi:
Podsho katta sovrin qo‘yib o‘rtaga,
Masjidni bezashga farmoyish berdi.

Aytdi: «Kim eng buyuk ziynat keltirsa,
Masjidni bezasa o‘sha matoh-la,
Mening mukofotim katta bo‘lar... va
Alloh ajrlagay jannatiy bog‘-la!»

Kimdir ustun uchun bezak, kim esa,
Mezana to‘riga keltirdi tillo.
Xonai tuhurga kim qayg‘u yesa,
Kim siyoh ulashdi, yozishga imlo.

Podsho kuzatardi avomni sokin --
Zarga chayilgandi har toshu kesak,
Rozi bo‘lolmadi bulardan lokin,
Uning xayolida antiqa bezak.

Bu shunday bezakki, inson hayoti
Ko‘rsin to o‘lguncha chashmi ziyoni.
Odamlar bu rangni ko‘rgan zahoti,
Unutib qo‘ysinlar ikki dunyoni!

... Bir zot kirib keldi kurash avjiga,
Meni g‘olib denglar, dedi joy olib.
Va, kiringlar, dedi... Masjid ichiga
Murg‘ak ikki bola kirdi uyalib.

O‘rnidan qo‘zg‘alib ketdi shahanshoh,
Bu zo‘r topqirlikka chalvordi qarsak.
Dedi: «Masjid uchun topilmas illo
Namozxon boladan go‘zalroq bezak!».

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xayrullo Hamidov she’ri: “Masjid uchun topilmas illo, namozxon boladan go‘zalroq bezak!”