Bomdod namoz savobi ulug‘ va shu bilan birga qiyinchilik bilan bajariladigan ibodat hisoblanadi. Nega Alloh taolo uyqu vaqti bo‘lishiga qaramay bu vaqtni ibodat uchun tanladi? Buning qanday hikmati bor?
Xursandchilik lahzalarida – inson mukofot olganda, bir ishni amalga oshirib xursand bo‘lganda, orzusi ushalganda, go‘zal manzarani ko‘rganda… shu kabi holatlarning barchasida kishidagi baxt uchun mas’ul bo‘lgan dopamin moddasi ortadi.
Yangi o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, tundagi uyqu bosh miyaga ushbu modda ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi. Miya bu bilan kunduzi dopaminni yaxshi ishlab chiqara oladi. Erta bilan, quyosh chiqishidan oldin uyg‘onish katta miqdorda dopamin ishlab chiqarishga, miya o‘z vazifasini yuqori darajada bajarishiga yordam beradi. Shunday ekan inson o‘zini yanada baxtli his etadi, nafsi xotirjam bo‘ladi.
Ilm-fan buni endi kashf qilgan bo‘lsa, rasul va nabiylarning eng ulug‘i Muhammad sollallohu alayhi va sallam buni 1400 yil oldin xabar berganlar.
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Sizlardan biringiz uxlagan paytida shayton uning boshining orqasiga uchta tugun tugib qo‘yadi, har bir tugunga (dam) urib: “Hali tun uzoq, uxlayver” deydi. Agar u uyg‘onsa va Allohni zikr qilsa, bitta tugun yechiladi. Tahorat qilsa, yana bir tugun yechiladi. Namoz o‘qisa, yana bir tugun yechiladi va u odam tetik, dili ravshan bo‘ladi. Aks holda, yalqov va dili xira bo‘lib qoladi”, dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so‘zlaridagi mo‘jiza “u odam tetik, dili ravshan bo‘ladi” so‘zlaridir. Quyosh chiqishidan oldin uyg‘onish nafsni xotirjam bo‘lishini, o‘zini g‘oyatda baxtli his etishini ta’kidlayaptilar.
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi