Gretsiyalik va ispaniyaliklar olimlarning aniqlashicha, kuniga 6-8 soatlik uyqu yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi va hayotni uzaytiradi. Shu bilan birga, agar odam kuniga olti soatdan kamroq uxlasa yoki kechasi koʻpincha uygʻonsa, unda simptomsiz ateroskleroz ehtimoli oshadi. Bu haqda EurekAlert!ʻning matbuot uchun xabarnomalarida aytilgan.
Birinchi ishda mutaxassislar soʻnggi besh yil mobaynida 11ta istiqbolli tadqiqotlardan olingan maʼlumotlarni tahlil qildilar. Unda uzoq vaqt davomida maʼlum bir xususiyatlar bilan ajralib turadigan bir necha odam guruhlari boʻlgan. Jami bir milliondan ortiq sogʻlom yoshi katta shaxs (1000541 kishi) tekshirildi. Ular uchta shartli guruhga boʻlingan, ulardan biri kuniga olti soatdan kamroq uxlashgan, ikkinchisida - sakkiz soatdan koʻproq, uchinchisi nazorat guruhi boʻlgan (kuniga olti-sakkiz soat uyqu).
Maʼlum boʻlishicha, 9,3 yil davomidagi kuzatuvlarda nazorat guruhi solishtirganda, qolgan bemorlarda yurak ishemiya kasalligi va insult xavfi mos ravishda 11 hamda 33 foizga oshdi.
Yana bir tadqiqotda yetti kun mobaynida uyqu sifatini kuzatadigan qurilmalarni taqib yurgan 3 ming 974 koʻngilli ishtirok etdi. Tajribada qatnashganlarning oʻrtacha yoshi 46 yoshni tashkil etdi. Maʼlum boʻlishicha, kuniga olti soatdan kam uxlaganlar yoki chala uyquda boʻlganlarda ateroskleroz, semizlik va diabet xavfi ham koʻproq boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi