Salbiy kayfiyatda uygʻonish – oʻta xavfli

  • 09 sentyabr 2018, 20:40
  • 2 330
  • Hayot tarzi
  • Salbiy kayfiyatda uygʻonish – oʻta xavfli
    Yomon kayfiyatda uygʻongan paytlaringiz boʻladimi? Yoki yana ishga borish kerakligidan norozilik tuygʻusi? Shubhasiz, har birimiz bunday holatni boshdan kechirganmiz. Ertalabdan oʻzimizni salbiy toʻlqinga sozlash oʻrniga yangi kundan xursand boʻlish lozim.

    Pensilvaniyalik olimlar ertalabki salbiy kayfiyat kun davomidagi holatimizga taʼsir oʻtkazishini aniqlashdi. Uyqudan keyin ijobiy energiyadan quvvat olish kerak. Masalan, nonushtaga sevimli taomni tayyorlash, yoqimli musiqa tinglash, oddiy jismoniy mashqlarni bajarish. PsychCentral markazi tomonidan tajriba oʻtkazilgan. Tadqiqot uchun ikki guruh vakillari jalb etilgan. Birinchi guruh odatda yomon kayfiyatda uygʻonadiganlar, ikkinchi guruh – yaxshi kayfiyatdagilar.

    Tadqiqot ijobiy hislarga sozlangan odamlarning ish kuni 90 foiz hollarda muvaffaqiyatli boʻlganini koʻrsatdi. Kunini yomon kayfiyat bilan boshlaganlar esa zoʻriqish bilan ishlashgan va bu ularning natijasida salbiy tarzda aks etgan.

    Bari mantiqiy jihatdan toʻgʻri: agar odam noqulaylikni his etsa, bu uning fikrlashiga bevosita taʼsir qiladi. Yaʼni, agar siz kunni muvaffaqiyatsiz boʻladi, degan his bilan boshlasangiz, bu ong ostiga joylashadi. Qoidaga koʻra, bu haqiqatan ham shunday boʻlib koʻrinadi.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Salbiy kayfiyatda uygʻonish – oʻta xavfli