Uyqudan oldin tvorog iste’mol qilinishi nafaqat vaznning oshmasligiga olib keladi, balki organizmdagi yog‘lar miqdorini kamaytirishga yordam berar ekan. Bundan British Journal of Nutrition nashrida chop etilgan ma’lumotlar darak bermoqda.
Florida universiteti olimlari tajriba o‘tkazishib, unda 20 yoshdan katta ishtirokchilar uyqudan 30-60 daqiqa oldin bir porsiya tvorog iste’mol qilishgan. Aniqlanishicha, ushbu sut mahsuloti mushaklar holatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatar ekan, moddalar almashinuvini yaxshilab, sog‘liqning umumiy holatini yaxshilar ekan.
Olimlarning ta’kidlashicha, bu tvorogdagi kazein moddasi evaziga yuz beradi. Organizmga sekin-asta singuvchi ushbu modda aminokislotalarning barqaror yetkazilishini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. U, shuningdek, oziq-ovqatning termik effektini oshiradi – organizm hazm qilish jarayonida ko‘proq energiya sarflaydi, bu esa uyquda ham kaloriyalarni yo‘qotishda yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi