“Microsoft” asoschisi, dunyoning 2-raqamli eng badavlat odami Bill Geyts 2018 yilda o‘zi o‘qigan asarlar orasidan beshtasini saralab, mutolaa uchun tavsiya qildi. U har doim o‘z blogi orqali qiziqarli kitoblar haqida ma’lumot berishni an’anaga aylantirgan.
“Bu yilgi kitoblar ro‘yxatida eklektik mazmundagi asarlar joy olgan. Ularda insonga ruhiy quvvat bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi, bu yerda har kim o‘zi uchun nimadir olishi mumkin. Agar yaqinlaringizni o‘ziga xos tuhfa bilan hayron qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ro‘yxatdagi kitoblarni tanlab adashmaysiz”, deydi Geyts.
Geyts mutolaa uchun birinchilardan bo‘lib Tara Vestoverning “O‘quvchi” (“Educated”) asarini tavsiya qiladi. “Tara 17 yoshigacha umuman maktabga bormagan. Shunga qaramay, Taraning yozuvchilik qobiliyatiga tan berish kerak. U asarda o‘zining nochor bolaligi haqida yozish bilan meni hayotim haqida teranroq o‘ylashga undadi”, deydi Bill.
Bundan tashqari, Bill Geyts Pol Sherrening sun’iy aql haqidagi “Hech kimi yo‘q armiya” (“Army Of None”) kitobini, Jon Karreyruning turli xil hiyla va firibgarliklardan tortib murakkab oilaviy munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Yomon qon” (“Bad Blood”) asarini o‘qishni maslahat beradi.
Shuningdek, Yuval Noa Xararining “21-asr uchun 21 dars” (“21 Lessons For The 21st Century”) va Endi Paddikombning “Mantiq va meditatsiya qo‘llanmasi” (“The Headspace Guide to Meditation and Mindfulness ”) kitoblari aytib o‘tilgan.
Ro‘yxatga kiritilgan kitoblar olam va o‘zlikni anglashga, insoniyat duch kelayotgan muammolar haqida chuqur mulohaza qilishga asos yaratadi, deb ta’kidlaydi Geyts. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi