4 468
Salomatlikni saqlash va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishning oson yo‘li ma’lum qilindi
Kopengagen universiteti olimlari chidamlilikka jismoniy mashqlar, jumladan velosiped haydash visseral (ichki organlarni atrofidagi) yog‘ hajmining kamayishida muhim rol o‘ynovchi va yurak-tomir kasalliklari xatarini kamaytiruvchi interleykin-6 sintezida yordam berishini aniqlashdi.
Olimlar olib borgan 12 haftalik tadqiqotda har hafta 45 daqiqadan velomashqlar bilan shug‘ullangan 53 kishi qatnashgan. Ularga, shuningdek, vena tomirlari orqali platsebo sifatida fiziologik suyuqlik yoki interleykin-6 retseptoriga monoklonal antitanalar – totsilizumab yuborilgan. Totsilizumab revmatoid artritga qarshi qo‘llanadi va retseptorlar ishini bostirib, interleykin-6’ning yallig‘lanish jarayonlari paydo bo‘lishiga turtki beruvchi signal molekulasi sifatida ishlashiga qarshilik ko‘rsatadi. Visseral yog‘ magnit-rezonans tomografiya yordamida aniqlangan.
Platsebo olganlar guruhida visseral yog‘ hajmi 8 foizga (225 grammga) kamaygan. Biroq totsilizumab ta’siri mashqlar bajarishdan olinadigan samarani yo‘qqa chiqargan. Totsilizumab yuborilganlar guruhida yog‘ massasi, aksincha, platsebo olganlarga nisbatan 278 grammga ko‘paygan. Dori vositasi, shuningdek, umumiy va “yomon” xolesterin miqdorining oshishiga olib kelgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, interleykin-6 sog‘lom va kasal odamlar organizmida turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu molekula ham yallig‘lanishga olib keluvchi, ham yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsata oladi. Interleykin-6 darajasining surunkali tarzda oshishi o‘ta semiz, 2-turdagi qand kasalligi va yurak-tomir kasalliklariga ega bemorlarda kuzatiladi. Bundan tashqari, signal molekulasining ta’siri u joylashgan to‘qimalar turiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi