08:24 / 27.01.2019
4 794

Shamollash chogʻida insonlar biroz aqldan ozishlari aniqlandi

Shamollash chogʻida insonlar biroz aqldan ozishlari aniqlandi
Ogayo universiteti tadqiqotchilari uzoq davom etgan stress va xotiraning yoʻqolishi oʻrtasida bogʻliqlik borligini topishga muyassar boʻlishdi. Tadqiqotning toʻliq matni The Journal of Neuroscience ilmiy nashrida eʼlon qilingan.

Tadqiqot doirasida sichqonlarni davomiy stress holatida ushlab, dominant erkak sichqonlar hujumi ham uyushtirilgan. Natijada, sichqonlarda xotiraning buzilishi kuzatilgan.

Bundan tashqari olimlar shuni aniqlashdiki, hujum ostida boʻlgan sichqonlar labirintga qoʻyib yuborilganlarida, chiqish yoʻlini qiyinchilik bilan eslay olishgan. Bu muammo sichqonlarda 28 kun saqlanib qolgan.

Qolgan sichqonlar esa osonlik bilan chiqish yoʻlini topa olishgan.

Tadqiqot mualliflarining aytishicha, stress holatida boʻlgan sichqonlarda yangi neyronlarning paydo boʻlishi kamaygan va stressga boʻlgan immun tizimining reaksiyasi oqibatida ular miyasida shamollash kelib chiqqan. Lekin sichqonlarga shamollashga qarshi dorilar yuborilganda ularning xotiralari tiklangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shamollash chogʻida insonlar biroz aqldan ozishlari aniqlandi