00:47 / 28.01.2019
7 525

Munajjimlar bashorati: 28 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 28 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalaboq ishlaringiz rejasini puxtalab olishingiz tavsiya etiladi. Shundagina ko‘zlangan yutuqlardan umid qilsangiz bo‘ladi. Yoki qo‘shimcha daromad keltiradigan ish izlab toping. Oilasiz yigitlar tanlagani bilan munosabatlarni mustahkamlab olgan bo‘lsa, qo‘lini so‘rash va to‘y kunini belgilash vaqti yetdi. Moliyaviy masalada mayda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo bu siz uchun dengizdan tomchidek bir gap. Ko‘z ochib yumganchalik fursatda qoyillatib tashlay olasiz. Sog‘lig‘ingizni ham unutib qo‘ymang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 yanvarda ayollar, qiz-juvonlar ertalab tashqi ko‘rinishlariga bir ko‘z tashlab olsalar, soch turmaklarini o‘zgartirsalar, o‘zlariga yoqqan kiyimlarni xarid qilsalar kayfiyatlari ko‘tarilgan bo‘lardi. Moliyaviy ahvolingiz faqat yaxshi tarafga qarab siljiydigan bo‘lib turibdi. Sira xavotirlanmang. Salomatlikning qay holatda bo‘lishi esa parvarishga bog‘liq. Agar uni yaxshilab parvarishlasangiz, xavfli xastaliklar va viruslar sizga yaqin kela olmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalaboq birinchi navbatda moddiy ahvolingiz yo‘lida harakatlar sodir etishingiz talab etiladi. Bundan tashqari, soliqlar, kommunal to‘lovlar ham sizga o‘pqon kabi qarab turibdi. To‘lamasangiz, baribir qo‘yishmaydi. Rahbar lavozimda ishlovchilar kadrlar masalasini ko‘rib chiqib, bu sohada islohotlarni amalga oshirishlari kerak. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda juda ehtiyotkor bo‘ling. Grippga yo‘liqqan bo‘lsangiz, vaqtida dorilarni iching. Shunda tezroq xastalikdan xalos bo‘lasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 yanvar kuni atrofdagilar bilan munosabatlarni iliq holda saqlab qolish uchun yon bering. Hech kim bilan bahslashib o‘tirmang. Qaysarlik, prinsipiallik kabi nuqsonlardan voz kecha turing. Ishtahaning ko‘ksiga bir urib tinchlantirib oling. Bugun zararli odatlardan voz kechish muvaffaqiyatli kechadi. Ovqatlanishingiz masalasida nafaqat rejimga amal qilishingiz kerak, balki iste’mol qiladigan ovqatlaringiz tarkibida vitamin hamda mikroelementlar yetarli bo‘lishi lozim.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun taqdir qo‘lingizga millionlab dollarlarni tutqazib qo‘ymasligi mumkin. Biroq o‘zingiz istagan daromadga ega bo‘lishingiz uchun imkoniyat va kafolat bor. Faqat sezilarli harakatlarni sodir etsangiz bas. Yaqin orada shamollab chiqqan bo‘lsangiz, qaytalanish xavfi sezilmoqda. Ehtiyotingizni qiling. Kechqurun eski qadrdonlaringizdan biri qo‘ng‘iroq qiladi. Bu kelgusi rejalaringizni o‘zgartirishga majbur etishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 yanvarda qat’iyatlilikka alohida e’tibor qarating. Bilim olishdan, o‘qish-o‘rganishdan tiyilmang. Yaqin o‘tmishdagi muvaffaqiyatsizliklarni o‘ylamang. Bu ishingiz unumiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Moliyaviy muammolaringiz yetarlicha. Ularni to‘liq bartaraf etish uchun qo‘shimcha daromadli ish topishingiz kerak bo‘ladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar ob-havoga qarab kiyinishlari tavsiya qilinadi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tadbirkorlar bugun ertalab uzoq muddatli foydali shartnoma imzolashlari kutiladi. Boshqalar ham muvaffaqiyatlarga erishishni moliyaviy sohadan boshlashadi. Olis safarga chiqishni rejalashtirganlarning rejasi noma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Muhabbatda oila qurmaganlar mayda ko‘ngilsizliklarga uchrashi, bu depressiya holatini keltirib chiqarishi mumkin. Siz muhabbat masalasiga faylasufona nazar bilan boqing.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
28 yanvar kuni ishni shunday rejalashtiringki, kun davomida kuchingizga kuch qo‘shila borsin. Shunda ilgari sizni pisand qilmagan hamkasblar ham hayratdan lol qolishlari tayin. Ayrim do‘stlarimiz keragicha pulga ega bo‘lish uchun qo‘shimcha ish topishlari kerak. Shaxsiy hayotda ham sizni jiddiy sinovlar kutib qoladi. Irodani mustahkam tutishingiz, xotirjamlik va hazil-mutoyibaga moyillik bu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishingizda asqotishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bankdan qachonlardir kredit olgan bo‘lsangiz, bugun imkon topib qarzni yopishingiz lozim. Aks holda qarz qarz chaqirishdan tiyilmasligi mumkin. Shaxsiy biznesiga egalar ishonchli sherik qidirib topmasalar bo‘lmaydi. Shundagina biznesingiz yanada oldinga siljishi kuzatiladi. Qiz-juvonlar tashqi ko‘rinishini yuz foizga o‘zgartirsalar, olqishlar qurshovida qolishlari aniq. Kechqurun ovqatlanish rejimini yana bir karra yodga oling. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
28 yanvarda bir daqiqayam bo‘shashmang. Aks holda ishingiz bilan bog‘liq barcha imkoniyatlar eshiklari baravariga yopilib qolishi hech gap emas. Agar kun davomida mayin jilmayishlar qilishdan tiyilmasangiz, ajoyib insonlar bilan tanishuvlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Bu tanishuvlar sizga har taraflama foyda beradi. Moliyaviy masalada daromadlaringiz xarajatlarni quvib o‘tadi. Tadbirkorlar uchun yangi kelishuvlar, foydali shartnomalarni imzolash, xizmat safarlariga chiqish muvaffaqiyatli kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Sizga do‘stlik qilmaydigan odamlarga ortiqcha vaqtingiz, kuchingizni sarflab o‘tirmasligingiz tavsiya qilinadi. Basharti ishda qandaydir xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz, o‘z kuchingiz bilan uddalashga harakat qiling. Hamkasblardan ham, do‘stlardan ham yordam so‘rab ovora bo‘lmang. Ijod ahli bugun martabasi oshishidan quvonib, yangi asarlarga qo‘l urishi kutiladi. Ichki sirlaringizni hech kimga aytmang. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 yanvar kuni homiylar, ko‘makchilar qidirib topishingizga to‘g‘ri keladi. Negaki, siz bajaradigan ishlar pul hamda qo‘shimcha kuch talab qiladi. Muhabbatda mayda ko‘ngilsizliklarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ammo bu vaqtincha, xavotirlanishga arzimaydi. Kechqurun kissangiz pulga to‘ladi. Asosiysi ham shu. To‘g‘ri emasmi?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 28 yanvar kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?