06:33 / 22.02.2019
8 110

“Uning yuzini ochmanglar...”

“Uning yuzini ochmanglar...”
Bir ayolning ishi Qozi Muso ibn Ishoq rahimahullohning sud majlislariga havola qilindi. Ayolning vakili Qozi Muso ibn Ishoq rahimahullohga: “Bu ayol eridan 500 dinor mahr olish haqqi bor. Ammo eri bu haqni inkor qilyapti”, — deya da’vo qildi.
Shunda Qozi Muso ibn Ishoq rahimahulloh ayolning vakilidan: “Guvohlaringiz bormi?”, —deya so‘radi.

Vakil: “Ular shu yerda”, — deya javob berdi. Shu payt ba’zi guvohlar berayotgan guvohliklarida haqiqatda shu ayolmi yoki boshqasimi, shuni bilish uchun ayol yuzini ko‘rishlari uchun ochishlarini so‘radi. Guvoh o‘rnidan turdi va ayolga: “O‘rningizdan turing” — dedi va boshqa guvohlarni chaqirdi. Bu xolatlarni kuzatib turgan er ularga qarata: “Nima qilmoqchisizlar? — dedi.

Vakil: “Ayolingni tanishlari uchun uning yuziga qarashadi”, — deb javob berdi.
Er sarosimaga tushdi va qoziga qarab: “Men sizga guvohlik beramanki, mening zimmamda ayolim da’vo qilayotgandek 500 dinor mahri bor! Uni yuzini ochmanglar!", — dedi.

Ayol ham Qoziga qarab: “Men ham sizga guvohlik beramanki, men ushbu mahrimni unga (erimga) hadya qildim va uni dunyo-oxiratda bu zimmasidagi qarzdan ozod qildim!”, — deb javob berdi. Shunda Qozi Muso ibn Ishoq rahimahulloh er-xotinning rashkidan ajablanib quyidagi so‘zlarni aytdi: “Bu ish “go‘zal axloqlar” deyiladi.
Elyorbek ERKINBEK

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Uning yuzini ochmanglar...”