23:39 / 20.03.2019
5 430

Yoʻq joydan daromad manbai barpo etish

Yoʻq joydan daromad manbai barpo etish
“Haqiqiy biznesmen - yoʻq joydan daromad manbai barpo eta olgan kishidir!” (Robert Kiosaki).

Iqtisodiyot va rivojlanish haqida gap ketar ekan, doim eshitadigan gaplarim: "Biz dunyodan ancha orqada qoldik!.. Biz Amerikadan kamida 50 yil ortda qolganmiz!.. Biz Rossiyadan falon yillar orqada ergashib yuribmiz!.. va hokazolar...

Real hayotda ­- ha shunday! Biroq...

Global set, yaʼni internet imkoniyatlari bilan oʻlchaganimizda unday emas. Albatta, axborot texnologiyalarida ham ortdamiz, ammo 50-60 yil tafovut bilan emas. Misol, Amerikada ishlab chiqarilgan eng soʻnggi model texnika Kaliforniya yoki Vashington Okrugi (va hokazo shtatlar) doʻkonlaridan bizgacha qancha muddatda yetib keladi?

Amerikada yangi kashf etilgan jismiy yoki aqliy mahsulotlar qanchada kelyapti?
Meni tushunyapsiz, degan umiddaman.

R. Kiosaki keltirgan statistika boʻyicha, har kuni yer shari boʻylab internet tarmogʻi ichida, yaʼni virtual hayotda BIR TRILLION UCH YUZ MILLIARD dollar aylanib yuradi. Bu koʻrinmas puldan aqlini ishlatganlargina internet orqali bahramand boʻladi. Kimdir 10.000 dollar ishlab olsa, kimdir bir kunda 100 million dollar sof foyda koʻradi. Bu ertak emas, ayni haqiqat. Xoʻsh, nega biz shu pullarni ishlab topolmayapmiz?

Nima uchun, havoda aylanib yuruvchi koʻzga koʻrinmas, egasiz pullarni halol ishlab ololmayapmiz?

Chunki, bizda unikal, kreativ gʻoya va strategiya yoʻq! Biz faqat real moddiy ixtiro va ishlab chiqarishni oʻylayapmiz. Holbuki, Amerika oʻzining ishlab chiqarish dasturini 1970 yillarda “qabrga koʻmib” boʻlgan. Dunyo esa tovarlarga limmo-lim. Bizning ixtirolarimizga, endilikda dunyoning ehtiyoji yoʻq. Amerika 1980 yillardan boshlab intellekt sotishni boshladi va bozorda haligacha salmoqli oʻrnini boʻshatmay kelyapti.

Prognoz boʻyicha, joriy axborot asrida intellekt eng yaxshi, xaridorgir, tortib olinmas biznes boʻlib qoladi. Bu shunday mulkki, u na yonadi, na choʻkadi, birov tortib olsa ham baribir ishlata olmaydi! (avvalgi MTS kompaniyasini eslang).

Bu postni nima uchun qoʻydim? Aql oʻrgatib oʻzim amal qilmaslik uchunmi? Yoki hammangizni dangasalikka chorlab, faqatgina xayolot bilan yashashga undashmi?

Yoʻq, aslo!

Maqsadim, kreativ va unikal (oʻziga xos) ideyalarni tuzish va uni ishga tushirish uchun qobiliyatli boʻlgan hamyurtlarimizni birlashishga, oʻzaro tanishishga, vaqti kelganida oʻz kengashimizni tuzishga chorlash edi!

Doʻstlarim orasida shunday insonlar boʻlsa, aloqaga chiqishlarini iltimos qilardim. Faqat, “innovatsion gʻoya” masalasida bezovta qilmanglar! Chunki innovatsiya - boshqa masala.

Men izlaganim, istayotganim havodan pul ishlay olishni yoʻlga qoʻyish, noldan intellektual biznes barpo etishni oʻrganish, rejalash va amalga oshirish!

Oʻylaymanki, Oʻzbekistonimizda men izlagan insonlar topiladi va biz birgalikda ishlaymiz (inshaalloh!).
Jamshid Mirzayev

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoʻq joydan daromad manbai barpo etish