09:24 / 21.03.2019
5 109

Bemor boʻlishning bir yaxshi tomoni bor — oʻylashga, mushohada qilishga vaqtingiz bemalol boʻlar ekan. Maʼlumki, odamzod tana va ruh (jon)dan iborat boʻladi. Olimlar oʻlim toʻshagida yotgan turli yoshdagi olti ming odamni tekshirib koʻrib shunday x

Bemor boʻlishning bir yaxshi tomoni bor — oʻylashga, mushohada qilishga vaqtingiz bemalol boʻlar ekan. Maʼlumki, odamzod tana va ruh (jon)dan iborat boʻladi.  Olimlar oʻlim toʻshagida yotgan turli yoshdagi olti ming odamni tekshirib koʻrib shunday x
Bemor boʻlishning bir yaxshi tomoni bor — oʻylashga, mushohada qilishga vaqtingiz bemalol boʻlar ekan. Maʼlumki, odamzod tana va ruh (jon)dan iborat boʻladi.

Olimlar oʻlim toʻshagida yotgan turli yoshdagi olti ming odamni tekshirib koʻrib shunday xulosaga kelgan: bemorning joni uzilgan payti murda 0,04 gramm yengillasharkan. Demak, jonning ogʻirligi 0,04 gramm kelarkan. Shunisi qiziqki, yangi tugʻilgan chaqaloq oʻladimi, 90 yoshli chol oʻladimi, ogʻirligi bir xil — 0,04 gramm. Demak, ruh qarimaydigan, tanaga boʻysunmaydigan, alohida yaralgan substansiya ekan. Oʻylab koʻrsam, butun jamiyat ana shu substansiya uchun ishlar ekan. Ogʻir va yengil sanoat, transport, qurilish, oziq-ovqat sanoati, bichish-tikish, sartaroshxona va goʻzallik salonlari, restoranlar, poliklinikayu kasalxonalar tanamizga xizmat qilar ekan. Bularning hech biri ruhimizga kerak emas!

Qimmatbaho xorij mashinalarini minamiz, 80-90 kilo keladigan goʻshtimizni u yoqdan-bu yoqqa olib borish uchun kerak, ruhimizga keragi yoʻq — u uchib yuradi. Sovuq yeganimiz uchun kiyinamiz, ruh esa sovuq ham yemaydi, isib ham ketmaydi. Tanamiz uchun qor-yomgʻirdan toʻsadigan bir boshpana kerak, ruh uchun mutlaqo keragi yoʻq. Ruhga tilla taqinchoqlar ham kerak emas. Hatto armiya ham tanamizga xizmat qiladi — u yer-bu yerimizga oʻq tegishidan, tanamiz portlab ketishidan asraydi.

Xoʻsh, ruhimizga nima xizmat qiladi? Ruhning “oziqa”si nima? Qoʻsha-qoʻsha naqshinkor imoratlar, yaltir-yultir kiyim-kechak, duru gavhar kerak boʻlmasa, unda ruh uchun nima kerak?

Ruhimiz u qadar injiq emas. Uning “non”i — Allohning kalomiyu adabiyot va sanʼat.
Shu payt xayol surishning beliga tepib, hamshira kelib qoldi:

— Kapilnitsa olami-iz!..
Ignadan ilma-teshik boʻlib ketgan bilagimga yana igna tiqib chiqib ketdi.
Bular tagʻin tanamni davolashyapti…
Sharof BOSHBЕKOV

Manba: Oila davrasida

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bemor boʻlishning bir yaxshi tomoni bor — oʻylashga, mushohada qilishga vaqtingiz bemalol boʻlar ekan. Maʼlumki, odamzod tana va ruh (jon)dan iborat boʻladi. Olimlar oʻlim toʻshagida yotgan turli yoshdagi olti ming odamni tekshirib koʻrib shunday x