08:35 / 22.03.2019
4 969

Unutilmas dars

Unutilmas dars
Quyoshli kunlarning birida muallima oʻz oʻquvchilariga odatdagidek dars oʻtayotgan edi. Birdan xayoliga yangi fikr kelib qoldi. Quyosh nurida toblanish va oʻzgacha uslubda dars oʻtish uchun oʻquvchilarni tashqariga olib chiqdi.

Tashqariga chiqishgach, muallima maktab tomorqasida yangi ekilgan koʻchatlardan birini koʻrsatib, oʻquvchilardan birini uni sugʻurishga yubordi. Oʻquvchi borib, koʻchatni sugʻurdi. Keyin boshqa koʻchatni sugʻurishni buyurdi. Oʻquvchi uni ham qiynalmasdan sugʻrib oldi. Shundan keyin muallima mazkur oʻquvchiga katta daraxt oldiga borishni va uni sugʻurishni tayinladi. Oʻquvchi ustoziga qarab: “Ustoz, bu qoʻlimdan kelmaydi. Bu darxt ancha oldin ekilgan qadimiy daraxtdir. Tanasi ham katta. Buni sugʻurishga kuchim yetmaydi” dedi.

Oʻquvchidan bu javobni eshitgan ustoz tabassum qildi va qolgan talabalarga qarab: “Bu oʻsimliklar bizning yomon odatlarimiz deb faraz qilaylik. Oʻsha odatlarimiz eskirib borgani sayin qalbimizda, tana aʼzolarimizda chuqur oʻrnashib oladi. Keyin biz ulardan voz kechishimiz, qutulishimiz qiyin boʻladi. Yomon odatlarimiz endi koʻrina boshlagan paytda yangi ekilgan koʻchatlar kabi sugʻurib tashlash oson boʻladi. Shuning uchun ulardan qutulish maqsadida harakatni hozirdan boshlaylik! Ularni yaxshi odatlar va fazilatlarga almashtiraylik!” dedi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Unutilmas dars