Ro‘zada qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak?

  • 17 may 2019, 10:18
  • 1 977
  • Hayot tarzi
  • Ro‘zada qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak?
    Ramazon oyi bu yil ham uzoq va issiq kunlarga to‘g‘ri keldi. Tongdan shomgacha ro‘za tutish muddatining uzoqligi, yozgi issiqda tananing suvsizlanishi xatarli ekanini aytib, shifokorlar sahar va iftor paytida imkon qadar ko‘p suv ichishni maslahat bermoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Uzun ro‘za soatlarining inson salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish, bu jarayonda aynan qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish borasida tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali jarroh Shomurod Mehmonov o‘z tavsiyalarini bildirgan.

    — Ro‘za tutish yaxshi. Chunki, har bir narsa, jumaladan inson a’zolari ham toliqadi, —Shomurod Mehmonov. — Misol uchun, jigarni olaylik, u bioximik labaratoriya bo‘lib, organizmga kelgan barcha zaharli moddalarni tozalashda ishtirok etadi. Shuningdek, qon ham ishlab chiqarishda ishtirok etadi.

    Inson tanasining asosiy qismini oqsillar tashkil etadi. Ular qon bosimini ham bir zayilda ushlab turadi. Uning miqdori kamaysa, qul-oyoqda shishlar paydo bo‘ladi.

    Shuning uchun, ro‘za tutganda ko‘proq oqsilga boy ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Ammo bizda odamlarimiz shirinlik, non va xamirli taomlarni iste’mol qiladi.

    Ular esa kechqurun oshqozonga og‘irlik qiladi va teri ostiga yog‘ yig‘adi. Aslida ularnihg o‘rniga 100 gramm atrofida go‘sht, ozroq yog‘li ovqat yeyilsa, organizm qiynalmaydi.

    Zero, tunda ovqatni uglevodga to‘yingan taomlarni to‘yib iste’mol qilsak, tunda uxlay olmaydi. Yurib chiqadi.

    15 soatdan ortiq muddatda yana issiqda ro‘za tutish uchun inson avvalo sog‘lom bo‘lishi kerak. Bu vaqtda keksalarda qon quyuqlashadi. Til qurishni boshlaganda, demak, inson tanasida bir yarim litr suv yetishmayotgan bo‘ladi. Shuning uchun, ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratish kerak. Yo‘qsa, yurak, o‘pka, oshqozon osti beziga yuk tushadi.

    Birinchi suv ichish kerak. Suv og‘iz bo‘shlig‘iga kerak. Bir piyola suvni xo‘plab, uch daqiqa davomida ichsak, qonga boradi. Muzlatgichdagi muzday suvni ichish noto‘g‘ri. Qon tomirlari toraydi. Ovqat ham ketmay qoladi. Natijada qon bosimi tushib ketadi. Yaxshisi, iftorda ikki dona kotlet, yengil sho‘rva.

    Ertalabga bemalol go‘shtli ovqat, ozroq shirinlik tanavvul qilsa bo‘ladi. Suv yoki kompot ichish mumkin. Men ro‘za tutishga qarshi emasman. Lekin, odam yashashi uchun qulay sharoit kerak. Yo‘qsa, tanasi qiynalib, oshqozon yarasi, jigar shishi holati kuzatiladi.

    Фикрлар

    » » Ro‘zada qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak?