14:13 / 22.06.2019
6 259

Qon guruhi inson hayoti va boylik orttirishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

Qon guruhi inson hayoti va boylik orttirishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?
Qon guruhi inson tabiati va farovon hayot kechirishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yaponiyalik olimlar ko‘p yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasidan so‘ng shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda Sputnik Today News nashriga asoslanib xabar qildi.

Tadqiqotchilar qon guruhi inson yutuqlari, uning tabiati va umuman farovon hayot kechirishiga qanchalik ta’sir ko‘rsata olishi mumkinligi borasida izlanishlar olib borishdi. Ma’lum qilinishicha, birinchi qon guruhi vakillari rahbarlik qilish xislatlariga ega. Ular aniq bir maqsad sari intiluvchan va o‘ziga ishongan kishilardir. Shu bilan birga, qonning yomon quyulishi tufayli kasalikka oson taslim bo‘ladilar.

Ikkinchi qon guruhi vakillari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular tirishqoq va sabrli kishilardir. Ularning bu xislatlari boylik orttirish bobida ko‘zlagan maqsadlariga erishishlariga ko‘maklashadi. Ikkinchi qon guruhi vakillari osonlik bilan bezgak kasalligini yuqtirib olishlari mumkin. Bundan tashqari, ular kamgap, uzoq muddat davomida sayr qilishni xush ko‘rishmaydiganlar toifasidan.

Qayd etilishicha, uchinchi va to‘rtinchi qon guruhi vakillarining pul ishlab topish borasida omadlari unchalik chopmagan. Chunki ular odatda hayotlarini ijod qilishga bag‘ishlashgan va ularni moddiy boylik qiziqtirmaydi.

Qayd etish joizki, ayrim mamlakatlarda tanishishda, ish yoki sherik izlashda aynan qon guruhi so‘raladi. Masalan, Yaponiyada odatda bo‘sh o‘rin (vakansiya) haqidagi e’lonlarda qaysi qon guruhiga mansub odam kerakligi albatta ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, tanishuv saytlarida tanishmoqchi bo‘lgan odamning qaysi qon guruhiga mansub bo‘lishi kerakligi oldindan tilga olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qon guruhi inson hayoti va boylik orttirishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?