23:25 / 13.02.2020
3 742

Siz uchun foydali "20 daqiqa" qoidasi...

Siz uchun foydali "20 daqiqa" qoidasi...
Kun davomida quyida qayd qilingan foydali jihatlarni amalga oshirish uchun vaqtini ajratgan insonlarning shaxsiy hayoti keskin tarzda yaxshi tomonga o‘zgarib ketadi:
- Kuniga 20 daqiqa sport bilan shug‘ullansangiz, salomatligingiz xavotirini chekmaysiz;
- Har kuni 20 daqiqasini uy sarishtaligiga sarflagan odam besaranjomlik g‘amidan qutuladi;
- Kuniga 20 daqiqasini diqqatni jamlash uchun sarflagan kishi ijod qobiliyatsizligidan nolimaydi;
- Eri yo xotinini eshitish uchun kuniga 20 daqiqa ajratadiganlar munosabatlarda muammo chiqishidan xavotir olmasa bo‘laveradi;
- Bir kunda 20 daqiqa foydali kitob o‘qiydigan kishi dunyoqarashi kengayishiga ishonaverishi mumkin;
- Kuniga eng kamida 20 daqiqa vaqtini bolalariga bag‘ishlagan odam esa ular orqasidan yaxshi gap eshitishga umid qilsa bo‘ladi;
- Bir kunda 20 daqiqa ochiq havoda sayr qilgan kishining nafas yo‘llari kasalliklaridan uzoq bo‘ladi;
- Daromad keltiruvchi manba yaratish to‘g‘risida har kuni 20 daqiqa bosh qotirgan inson moliyaviy farovonlikdan xavotirlanmasa ham bo‘ladi;
- Kuniga dam olish uchun 20 daqiqa fursat ajratadigan inson holdan toyish va qattiq toliqishdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi;
- Foydali kitoblar o‘qish uchun kuniga 20 daqiqa vaqt ajratadigan kishi qanday qilib mutaxassis bo‘lish to‘g‘risida kuyinmasa ham bo‘ladi;
- Kuniga 20 daqiqa o‘zi bilan qolib, ishlarini tahlil qilolgan odam hayotning chigal yo‘llarida adashib qolmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Siz uchun foydali "20 daqiqa" qoidasi...