Alisher Usmonovning asosiy mulki foydasi 16 barobar qisqardi

  • 18 mart 2015, 15:25
  • 7 289
  • Iqtisodiyot
  • Alisher Usmonovning asosiy mulki foydasi 16 barobar qisqardi

    Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonovning eng katta mulki – “Metalloinvest” tog‘-metallurgiya xoldingi sof foydasi 16 barobar kamaydi.

    Kompaniya tomonidan e’lon qilingan moliyaviy hisobotda qayd etilishicha, kompaniya 2014 yil yakunlariga ko‘ra atigi 66 million dollar sof foyda olgan.

    Bayon qilishlaricha, foyda ko‘rsatkichining qisqarishi, birinchi galda, temir rudasi narxining keskin (taxminan 28 foizga) arzonlashuvi bilan bog‘liq.

    “Metalloinvest”ning 2014 yil yakunlari bo‘yicha daromadi hajmi 13,1 foizga qisqarib, 6,36 milliard dollarni tashkil etgan; daromadda eksportning ulushi 59 foizga teng.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Alisher Usmonovning asosiy mulki foydasi 16 barobar qisqardi