Xitoy o‘zining oltin zaxiralari yordamida AQSh dollarini qadrsizlantirishi mumkin. Bu haqda Want China Times'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Xitoy o‘zining 30 ming tonna oltin-valyuta zaxiralari yordamida beqaror bo‘lgan AQSh valyutasiga qattiq zarba bera olishga qodir, deb aytmoqda nashrning iqtisodiy sharhlovchisi Jin Zixou.
Zixouning aytishicha, Xitoy jahon savdo va moliyaviy bozorlarida AQShga chaqiriq tashlashni mo‘ljallamoqda, buning uchun Pekin haqiqatda katta miqdorda oltin zaxirasini ishlatishiga to‘g‘ri keladi.
Nashrning yozishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi valyuta zaxirasi savatchasiga Xitoy yuanining kiritilishi buni amalga oshirishdagi qadamlardan biri bo‘ladi. Hozirda bu savatchaga dollar, evro, funt sterling va yapon ienasi kiritilgan.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy oltin zaxiralarini to‘plab, dollar kursining tushishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunga nafaqat Xitoy, balki 2005 yildan beri o‘z oltin-valyuta zaxiralarini ikki barobarga ko‘paytirgan Rossiya hamda 2,8 tonna oltinga ega XVJ ham tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Agar Xitoy haqiqatda ham 30 ming tonna oltinga ega bo‘lsa, unda yuan kuchli qalqon bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Agar bu shunday bo‘lmasa ham, Xitoy ommaviy ravishda oltin to‘playotgani va uning jahon moliyaviy bozorlardagi nufuzi ancha oshganiga hech kim shubha bildirmaydi”, deb yozilmoqda nashrda.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti prognoziga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyoti 2016 yilda AQSh iqtisodiyotidan o‘zib ketadi, bu esa yuanning asosiy jahon zaxira valyutasiga aylanishiga olib keladi.
Biroq bu o‘zgarishlar bir onda sodir bo‘lishining ehtimoli kam, garchi Xitoy hozirda oltin qazib olish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallayotgan bo‘lsa ham, u haqiqatda zarur miqdorda oltin-valyuta zaxirasiga egaligi haqida hech narsa ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi