23:20 / 18.10.2018
3 260

O‘zbekiston-Rossiya: to‘qimachilik bo‘yicha cheksiz hamkorlik

O‘zbekiston-Rossiya: to‘qimachilik bo‘yicha cheksiz hamkorlik
Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik 1-forumi doirasida o‘tkazilgannavbatdagi sessiya ana shunday nomlandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida o‘ziga salohiyatga ega mamlakatlardan biri sanaladi. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta xomashyosi jahon bozorida o‘zining sifati va xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Shu sababli Rossiyadagi bir qator tekstil korxonalari O‘zbekiston bilan bu borada hamkorlik qilishni ma’qul qo‘rishadi.

Sessiyada ishtirok etgan yirik tashkilot va kompaniyalarning mutasaddilari to‘qimachilikni rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish, yangi innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etish, eksport-import munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha fikr almashdilar.

– Bugun O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yetarlicha imkoniyatlarga egamiz, - dedi “O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov. – Ayni paytda hukumatimiz tomonidan tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Shu ma’noda rossiyalik hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash ikki taraf uchun ham manfaatlidir.

– Bizning kompaniyamiz turli xildagi tekstil mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga yetkazib beradi, - deydi Rossiyaning Ivanovo viloyatidagi “TDL tekstil” MChJ direktorlar kengashi raisi Mixail Shmelev. – Viloyatimizda to‘qimachilik sanoati juda yaxshi rivojlangan. Ayni paytda ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uyushmasini ham boshqaraman. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish maqsadida kattamiqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirganmiz. O‘ylaymanki, mamlakatingizda investorlar uchun yaratilgan qulay muhit hamkorligimizni rivojlantirishga yo‘l ochadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston-Rossiya: to‘qimachilik bo‘yicha cheksiz hamkorlik