4 833
Markaziy banki raisi: "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri tayyor
Qozog‘iston moliyachilarining VIII kongressida O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov O‘zbekistonda "Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi" qonunning yangi tahriri tayyor ekanligini ma’lum qildi, deya xabar beradi "Turon24" AA.
"Tayyor bo‘lgan qonun loyihasini biz xalqaro moliyaviy institutlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa tashkilotlarga taqdim etdik. Bundan ko‘zlangan maqsad, mazkur tashkilotlar tomonidan yangi tahrirdagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarini bilishdir”, – deydi Markaziy bank raisi.
Nurmurodov keyingi yilning birinchi yarim yilligida bank faoliyati bilan bog‘liq uchta – "Markaziy bank to‘g‘risida", "Bank ishi to‘g‘risida" va "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilinishi haqida ham ta’kidlab o‘tdi.
"Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqish haqida 2018 yil uchun Davlat dasturida aytib o‘tilgandi. Loyiha joriy yilning 30 sentyabriga qadar ishlab chiqilishi belgilangandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi