O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan imtiyozli kreditlar berilishi bekor qilinishi mumkin

  • 27 sentyabr 2019, 19:53
  • 2 265
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan imtiyozli kreditlar berilishi bekor qilinishi mumkin
    Markaziy bank «Davlat pul-kredit siyosatini takomillashtirish va Hukumat hamda Markaziy bankning iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha choralari samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bu haqda Daryo ma’lum qildi.

    Hujjatda 2020 yil 1 yanvardan boshlab barcha imtiyozli kreditlar, jumladan, davlat dasturlari doirasida beriladiganlarini ham, Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan foiz stavkalarida ajratish taklif qilinmoqda.

    Hozirda MB qayta moliyalashtirish stavkasi 16 foiz bo‘lib, biroq bir necha, jumladan, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar 7 foizdan berilmoqda. Shuningdek, yosh oilalar, oilaviy korxonalar, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va boshqa dasturlar ham bor.

    Garvard biznes maktabi ilmiy tadqiqotchisi Botir Qobilov oldinroq imtiyozli kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 5,9 ekanligi va bu bozordagidan 4 marotaba, qayta moliyalashtirish stavkasidan esa 2,7 marta arzon ekanligini ma’lum qilgandi. Oddiy kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka esa 24,3 foizni tashkil etgan.

    «Qarz olishning yuqori qiymati biznes va iste’molchilar uchun kredit olishni deyarli yo‘qqa chiqaradi. Bu biznes yuritishning o‘ta xatarli ekanligi ko‘rsatkichi. Imtiyozli kredit ko‘rinishidagi foiz stavkasining sun’iy pasaytirilishi esa muammo yechimi bo‘lolmaydi», — ta’kidlagandi Qobilov.

    Markaziy bank 2021 yil 1 yanvardan davlat maqsadli dasturlari doirasidagi kreditlarni erkin bozor stavkalarida taqdim etish va zarur bo‘lganda foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmlarini qo‘llashni taklif qilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan imtiyozli kreditlar berilishi bekor qilinishi mumkin