15:10 / 01.10.2019
5 533

Sirdaryoda kuniga 100 tonnagacha paxta terish quvvatiga ega mashinalar ish boshladi (foto)

Sirdaryoda kuniga 100 tonnagacha paxta terish quvvatiga ega mashinalar ish boshladi (foto)
Foto: «Xalq so‘zi»
Sirdaryo viloyatiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining “John Deere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan eng so‘nggi rusumdagi olti qatorlik paxta terish mashinalari keltirildi.

Mazkur innovatsion paxta terish mashinalari Singapurning “Indorama” kompaniyasi tomonidan Oqoltin tumanidagi paxta dalalarida respublikamizda ilk bor sinovdan o‘tkazildi.

U biryo‘la terilgan paxtani g‘aramlab, ya’ni qadoqlab ham beradi. Har bir g‘aram 2,5 tonnadan 2,7 tonnagacha vaznga ega. Yana kam xarajatli bo‘lishi barobarida ish unumi ham baland. “John Deere 7760” paxta terish mashinasi kuniga 40-50 gektar maydondan 80-100 tonnagacha paxtani terish quvvatiga ega.

Taqqoslaymiz. Agar “John Deere 7760” paxta terish mashinasi kuniga o‘rtacha 90 tonna paxta tersa, bu qo‘l terimidagi 1400 nafar kishining mehnatiga teng deganidir.
Eng muhimi, “John Deere 7760” an’anaviy terim mashinalaridan farqli ravishda paxtani toza teradi.

Hozircha viloyatga 15 dona yuqori unumli ana shunday terim mashinasi keltirildi. Ular vositasida kuniga o‘rtacha 1400 tonnalik paxta xirmoni yaratilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Sirdaryoda kuniga 100 tonnagacha paxta terish quvvatiga ega mashinalar ish boshladi (foto)