
So‘nggi o‘n yil davomida «Manchester Siti» tarkibida jamoaning muhim figuralaridan biri bo‘lib kelgan Kevin de Bryuyne mavsum yakunlanishi bilan klub bilan xayrlashadi.
Belgiyalik tajribali yarim himoyachiga qiziqish bildirayotgan jamoalar soni ortib bormoqda. Bu haqda mashhur jurnalist Melissa Reddi xabar tarqatdi.
Manbada keltirilishicha, «Aston Villa» klubi rahbariyati 33 yoshli futbolchini o‘z saflariga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqyapti.
Shuningdek, Kevin de Bryuyneni o‘z tarkibiga jalb qilish niyatida bo‘lgan jamoalar qatorida «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Arsenal» va «Nyukasl» kabi Angliyaning yetakchi klublari ham borligi ma’lum qilindi.
Aslida «shaharliklar» ham mavsumning hal qiluvchi pallasida yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatayotgan de Bryuynega yana bir yillik shartnoma taklif etgandi. Ammo klubda eng yuqori maosh oladigan ikki futbolchidan biri bo‘lgan Kevinga yangi shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan mablag‘ miqdori ma’qul kelmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar