date
views 164

Niderlandiya parlamenti raisi Belgiyani ikki mamlakatga bo‘lishni taklif qildi

Niderlandiya parlamenti raisi Belgiyani ikki mamlakatga bo‘lishni taklif qildi
Niderlandiya parlamenti raisi va o‘ta o‘ngdan kelgan Ozodlik partiyasining (PBB) a’zosi Martin Bosma, Fransiya elchisi Fransua Alabryunga Belgiyani ikki davlatga bo‘lishni taklif etgan. Bu haqda jurnalist Petra de Koning NRC gazetasida ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bu taklif Niderlandiya parlamenti a’zolari ishtirok etgan kechki ovqat paytida bildirilgan. Jurnalistning ta’kidlashicha, Bosma o‘z so‘zlarida Niderlandiya Flandriyani qirollik tarkibiga qo‘shishni istashini aytgan.

«Bosmaning fikricha, Valloniya hududi Fransiyaga qo‘shilishi mumkin», deb yozadi Koning.

Bnnvara telekanali ta’kidlaganidek, Niderlandiya va Flandriyaning birlashuvi, flamand tilida so‘zlashuvchi aholi ko‘p bo‘lganida, "Buyuk Niderlandiya" g‘oyasining bir qismidir. Bu g‘oyani gollandiyalik o‘nglar va Belgiyaning «Flamand manfaati» partiyasining ba’zi a’zolari qo‘llab-quvvatlaydi, ularning aytishicha, bu partiya juda uzoq yillardan beri mustaqillik uchun kurashib kelmoqda.

2021 yilda Belgiyaning Antverpen shahri meri Bart De Vever Flandriyani Belgiyadan ajratish va uni Niderlandiyaga qo‘shish orzusini bildirgan edi. U yangi kunni “shimoliy va janubiy Niderlandiyada” birlashgan holda kutib olishni orzu qilganini aytib o‘tgan. Bu yerda janubiy Niderlandiya deganda, Flandriya bilan chegaradosh bo‘lgan qirollik nazarda tutilgan.

Shuningdek, Belgiya hozirgacha bu taklifga rasman javob bermadi.

Flandriya yoki Belgiyaning Flamand mintaqasi — Belgiyaning shimoliy qismi bo‘lib, u yerda asosan niderland tilida so‘zlashuvchilar yashaydi. Umumiy maydoni 13 522 km² ni tashkil etadi, bu Belgiya hududining 44,29 foiziga teng. Flamand mintaqaida asosiy rasmiy til niderland tili bo‘lib, fransuz tilida so‘zlashuvchi ozchilik uchun ba’zi cheklovlar mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya parlamenti raisi Belgiyani ikki mamlakatga bo‘lishni taklif qildi