
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov keyingi paytlarda asosiy tarkibda ko‘p ko‘rinmayotgan bo‘lsa-da, uning nomi xalqaro matbuot sahifalaridan tushmayapti.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli o‘zbek futbolchisini jamoadan qo‘yib yuborishga qaror qilgan. Shu bois, klub rahbariyati Abduqodirni ijaraga yoki to‘liq transfer qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Unga qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Yuventus”, “Barselona” va “Tottenxem” kabi mashhur jamoalar bor.
Biroq, bu vaziyatlar fonida muxlislarni xursand qiladigan yangilik ham paydo bo‘ldi. Transferlarga ixtisoslashgan mashhur transfermarkt.co.uk portali 21 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli himoyachilarning joriy mavsumda transfer summasi eng ko‘p oshgan o‘yinchilar reytingini e’lon qildi.
E’tiborlisi, ushbu reytingda Abduqodir Husanov ikkinchi pog‘onani egalladi. Hamyurtimiz faqat "Barselona"ning iste’dodli futbolchisi Pau Kubarsidan ortda qoldi. Kubarsining transfer narxi mavsum davomida 40 million yevroga oshib, ayni paytda 70 million yevroni tashkil qilmoqda.
Abduqodir Husanov bu mavsumni Fransiyaning "Lans" klubida boshlagan va yanvar oyida "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon uning transfer qiymati 32,5 million yevroga o‘sib, ayni damda 35 million yevroga yetgan.
Bundan tashqari, “Bornmut” klubidan Din Xyoysen ham transfer summasi keskin oshgan himoyachilar qatorida e’tirof etildi. Uning transfer narxi 32 million yevroga oshgan bo‘lsa-da, Abduqodir Husanov va Pau Kubarsidan keyin uchinchi o‘rinda qoldi.
21 yoshgacha bo‘lgan yosh va qimmatbaho himoyachilarning "top-10" reytingi:
1. Pau Kubarsi ("Barselona") – 70 mln yevro (+40 mln);
2. Abduqodir Husanov ("Manchester Siti") – 35 mln yevro (+32,5 mln);
3. Din Xyoysen ("Bornmut") – 42 mln yevro (+32 mln);
4. Vitor Reys ("Manchester Siti") – 30 mln yevro (+30 mln);
5. Maylz Luis-Skelli ("Arsenal") – 28 mln yevro (+26 mln);
6. Petro Komutsso ("Fiorentina") – 25 mln yevro (+24,3 mln);
7. Alexandro Balde ("Barselona") – 60 mln yevro (+20 mln);
8. Archi Grey ("Tottenxem") – 35 mln yevro (+17 mln);
9. Renatu Veyga ("Yuventus") – 18 mln yevro (+15 mln);
10. Milosh Kerkez ("Bornmut") – 35 mln yevro (+15 mln).
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" Abduqodir Husanovni "Lans" klubidan 40 million yevro evaziga transfer qilgan edi. O‘zbekistonlik futbolchi "Manchester Siti" bilan 2029 yil 30 iyunigacha shartnoma imzolagan. Abduqodir Husanov jamoa tarkibida joriy mavsumda jami 9 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar