date
views 216

9 may bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

9 may bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
O‘zbekistonda 9 may kuni Xotira va qadrlash kuni sifatida rasman belgilangan bo‘lib, bu sanada butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi va ushbu kun bayram sifatida nishonlanadi.

Joriy yilda 9 may kuni jumaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan fuqarolar ketma-ket bir necha kun dam oladigan bo‘ldi. Bu kunlar quyidagicha belgilangan:

— 9 may, juma — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha xodimlar uchun dam olish kuni;
— 10 may, shanba — haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun odatiy dam olish kuni bo‘lib, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun esa ish kuni hisoblanadi;
— 11 may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni hisoblanadi.

Shunday qilib, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar juma, shanba va yakshanba kunlari dam olib, uch kunlik uzluksiz ta’tildan bahramand bo‘lishadi. Haftasiga olti kun ishlaydiganlar uchun esa juma va yakshanba kunlari dam olish kuni bo‘ladi.

Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va qurbonlari xotirasiga hurmat ko‘rsatish, shuningdek, urush va mehnat frontidagi qahramonlarni qadrlash maqsadida nishonlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 9 may bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?